Tavsif
Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi Orol dengizining qurigan tubidagi yerlardan foydalanish samaradorligini oshirish, suvni tejash hamda tuzni kamaytirish muammolarining ilmiy yechimini taʼminlashga mavjud ilmiy-innovatsion salohiyatni jalb etish maqsadida amaliy va innovatsion loyihalar milliy tanlovini eʼlon qiladi.
Tanlovning asosiy maqsadi – Orol muammosining salbiy taʼsirini kamaytirish asosida mintaqa aholisi turmush sharoiti va sifatini yaxshilash, Orol dengizining qurigan tubi tuproq-iqlim sharoitiga moslashtirilgan urugʻ zaxirasi mavjud boʻlgan tayyor oʻsimliklar yoki ekin turlari mavjud boʻlgan navlar ekilgan maydonlarini kengaytirish, hududda yerdan foydalanish samaradorligini oshirish, tuproq tarkibidagi tuzni kamaytirish va Orol tubida chorvachilikni rivojlantirish muammolarining ilmiy yechimini taʼminlashga qaratilgan samarador yangi texnologiyalar, innovatsion usul va vositalarga asoslangan eng yaxshi amaliy yechimlarni tanlab olishdan iborat.
Tanlovga taqdim etiladigan ilmiy-tadqiqot ishlariga davlat buyurtmasi talablari doirasida bajariladigan amaliy va innovatsion loyihalar 4 amaliy yoʻnalishlarda ishlab chiqilishi lozim. Saralangan loyihalar moliyalashtirilishi uchun 1,0 mlrd soʻmgacha grant mablagʻi ajratiladi.