Tavsif
Defenders in Development Policy Grants dasturi inson huquqlari himoyachilari duch kelayotgan/kelishi mumkin boʻlgan xavf-xatarlarning oldini olish maqsadida ishlab chiqilgan loyihalarni moliyaviy qoʻllab-quvvatlash uchun grant dasturini eʼlon qiladi.
Dasturda maʼlum tashkilot/kompaniya/jamoa aʼzosi boʻlgan barcha davlat fuqarolari qatnashishi mumkin. Ishtirokchilar ichidan eng yaxshi 8 ta loyiha egasi tanlab olinib, har biriga $5,000 gacha mablagʻ ajratiladi.
Ishtirokchilar DID kampaniyasining maqsad va vazifalariga mos boʻlgan loyiha ishlab chiqishi kerak. Loyihalar quyidagi mavzulardan birida (yoki hammasini qamrab olishi ham mumkin) boʻlishi lozim:
- Taʼminot zanjiri tadqiqotlari: repressiya holatlari va rivojlanish banklari tomonidan moliyalashtiriladigan loyihalar oʻrtasidagi bogʻliqlikni aniqlash uchun xodimlar yoki tashqi maslahatchilarning ish haqini qoʻllab-quvvatlash;
- Advokatlik: Taraqqiyot banklariga repressiya holatlarini hal qilish uchun xodimlarni qoʻllab-quvvatlash;
- Chaqiruv (convening): Rivojlanish banklari va repressiyalar va/yoki kampaniya maqsadlari bilan bogʻliq mavzu boʻyicha maslahatlashuvlarni oʻtkazish bilan bogʻliq konferensiya, yigʻilish va logistika xarajatlari uchun mablagʻlar;
- Tadqiqot va hujjatlar: kampaniya maqsadlarini qoʻllab-quvvatlaydigan tadqiqot oʻtkazish, masalan, rivojlanish banklari tomonidan qanday muvaffaqiyatsizliklar muayyan repressiyaga olib kelganligi yoki rivojlanish loyihalari bilan bogʻliq repressiyalar bilan bogʻliq mintaqadagi tendensiyalar.
Dasturga ariza topshirish uchun belgilangan oxirgi muddat (dedlayn) mavjud emas. Baholash qoʻmitasi tomonidan 8 ta munosib guruh tanlab olinganda, ariza qabul qilish toʻxtatiladi. Ammo moliyalashtirish cheklanganligini hisobga olib, ishtirokchilarga iloji boricha tezroq ariza topshirish tavsiya etiladi.
Dastur haqida batafsil ushbu havola orqali maʼlumot olish mumkin.
Defenders In Development Campaign (DID) tashkiloti haqida ushbu havola orqali oʻqish mumkin.