Tavsif
InterMaths Erasmus Mundus Joint Master Degree — magistratura bosqichini matematika yoʻnalishida Yevropaning nufuzli oliygohlarida davom ettirishni istagan talabalar uchun tashkil etilgan. Dasturda ushbu yoʻnalish boʻyicha yuqori bilim va salohiyatga ega bakalavr bosqichini tamomlagan barcha talabalar ishtirok etishi mumkin.
Dasturga qabul qilingan talabalar 2 yil davomida Yevropaning turli universitetlarida bilim va tajribaga ega boʻladi. Dastur tuzilishi quyidagicha:
- 1-semestrda Italiyada (LʼAquila universiteti) amaliy matematika boʻyicha foundation kursida (Foundations of Applied Mathematics) oʻqiydi;
- 2-semestrda Germaniyaning Hamburg texnologiya universiteti yoki Avstriyaning Vena texnologiya universitetida Numerical – Modelling Training yoʻnalishi boʻyicha taʼlim oladi.
- Keyingi bir yilni esa quyidagi 5 ta hamkor universitetlardan birida davom ettiradi:
- Modelling and Simulation of Infectious Diseases (LʼAquila)
- Computational Methods in Biomedical Imaging (Hamburg)
- Stochastic Modelling in Neuroscience (Nice)
- Cancer Modelling and Simulation (LʼAquila)
- Computational Fluid Dynamics in Industry (Vienna)
- Decision Making and Applications to Logistics (Barcelona)
Ushbu dastur besh xil sohalar boʻyicha ishlab chiqilgan boʻlib, ular innovatsion metodologiyalarga asoslangan va hozirgi jamiyatdagi, xususan, tibbiyot va sanoatdagi ijtimoiy muammolarni hal qilishga yordam beradi.
Dasturga qabul qilingan talabalarni barcha xarajatlari moliyalashtiriladi va ular oylik stipendiya bilan taʼminlanadi.
Grant haqidagi maʼlumotlar bilan GrantGO tomonidan tayyorlangan quyidagi video/ovozli chat orqali ham tanishish mumkin: