Tavsif
International Eco-Hero Awards 2025 — bu yosh ekologlarning tabiatni asrash uchun qilgan saʼy-harakatlarini eʼtirof etish maqsadida tashkil etiladigan tanlov.
2003-yildan buyon har yili AQShda joylashgan notijorat tashkilot — Action For Nature (AFN) dunyodagi ogʻir ekologik muammolarni hal qilish uchun harakat qilayotgan yoshlarni jamoatchilikka tanishtirish va mukofotlash uchun xalqaro miqyosda tanlov oʻtkazadi.
Tanlovda dunyo boʻylab 8-16 yosh orasidagi oʻz tashabbusi bilan ekologik loyihalarni amalga oshirgan yoshlar ishtirok etishi mumkin.
Avvalgi tanlov gʻoliblari va ularning loyihalari haqida ushbu havola orqali tanishib chiqish mumkin. Shuningdek, tabiatni asrash va ekologik muammolarni hal qilishda oʻzining individual hissasini qoʻshmoqchi boʻlgan yoshlar Action For Nature resurslaridan qoʻllanma sifatida foydalanishi mumkin.
Tanlov haqida batafsil rasmiy sayt orqali maʼlumot olish mumkin.