Tavsif
“Ipak yo‘li” banki tomonidan tashkil qilingan “Ipak yo‘li” stipendiya dasturi 2024-2025-o‘quv yili uchun MBA magistrantlariga moliyaviy yordam olish va o‘z iste’dodlarini rivojlantirish uchun ajoyib imkoniyat taqdim etadi. Dastur o‘zining professional karyerasida muvaffaqiyat qozonishga intilayotgan intiluvchan talabalarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan. “Ipak yo‘li” banki stipendiyasiga nomzodlarni tanlash akademik ko'rsatkichlar, shaxsiy fazilatlar, tillarni yaxshi bilish darajasini o'z ichiga olgan mezonlarga muvofiq amalga oshiriladi. Ishtirokchilar grant asosida o'qish, “Ipak yo‘li” bankida faoliyat olib borish va o'z professional karyerasida muvaffaqiyat qozonish imkoniyatini qo'lga kiritadi.
Dasturga hujjatlarni qabul qilish jarayoni 2024-yil 19-avgustdan 24-sentyabrgacha davom etadi.
Dastur haqida ushbu havola orqali to'liq ma'lumot olish mumkin.