Tavsif
Merck kompaniyasi tomonidan iqtidorli PhD talabalari uchun Germaniyada xarajatlari qoplanadigan 1 haftalik yozgi oromgoh — Innovation Cup 2026 taqdim etiladi. Dastur uchun jami 42 nafar xalqaro talaba saralab olinadi.
Dasturdan maqsad ishtirokchilarga butun dunyo boʻylab eng yaxshi talabalar bilan aloqa oʻrnatish, mijozlarning qondirilmagan ehtiyojlari uchun yangi innovatsion gʻoyalarni ishlab chiqish uchun jamoalarda ishlash va tajribali mutaxassislar koʻmagida biznes ishini qurish imkoniyatini taqdim etishdan iborat.
Dasturda quyidagi yoʻnalishlar boʻyicha qatnashish mumkin:
- Oncology;
- Neuroscience & Immunology;
- Drug discovery;
- Green Chemistry;
- Digital Health;
- Smart manufacturing;
- Neuro-inspired AI inference acceleration.
Yozgi oromgoh 2026-yilning 8-14-avgust kunlari Germaniyaning Frankfurt shahri yaqinida boʻlib oʻtkazilishi rejalashtirilgan. Dasturning birinchi kunida avvalgi dastur bitiruvchilari bilan konferensiya tashkil etiladi.
Dastur haqida batafsil ushbu havola orqali maʼlumot olish mumkin.