Tavsif
Iqtidorli va yangi gʻoyalarga boy yoshlar uchun “Oʻzbekiston uchun 100 gʻoya” respublika tanlovi eʼlon qilindi. Tanlovda 14 yoshdan 30 yoshgacha boʻlgan qiziquvchilar 9 ta yoʻnalish boʻyicha biznes va innovatsion gʻoyalarini taqdim etishlari mumkin.
Tanlov ishtirokchilari quyidagi yoʻnalishlar boʻyicha gʻoya taklif qilishlari kerak:
- ilm-fan, taʼlim va sogʻliqni saqlash;
- madaniyat va sanʼat;
- media;
- davlat xizmatlarini rivojlantirish;
- qurilish, arxitektura va transport;
- tadbirkorlik va bandlik;
- qishloq xoʻjaligi, irrigatsiya va agro texnologiyalar;
- axborot texnologiyalari va innovatsiyalar;
- ekologiya, qayta tiklanuvchi energiya manbalari va kimyo texnologiyalari.
Gʻoyalar quyidagi maxsus hakamlar hayʼati tomonidan baholanadi:
- IT Park direktori Farhod Ibragimov;
- Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vazirining oʻrinbosari Abdulla Azizov;
- “Office Market Stationery” kompaniyasi asoschisi va bosh direktori Xusan Mamasaidov;
- Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vaziri maslahatchisi Bobur Rahimov;
- “Havoqand People” kompaniyalari guruhi asoschisi (Les Ailes, Chopar, Burger “Bro” va boshqa loyihalar) va tadbirkor Ahmad Meliboyev;
- Texnik-tadbirkor, startaplar investor Muzaffar Karaboyev;
- Toshkent shahridagi Inha universiteti rahbari Muzaffar Jalolov.
Loyiha 3 bosqichda amalga oshiriladi:
- Saralash;
- Hududiy (yarim final);
- Respublika (final).