Iqtidorli yosh vatandoshlar uchun “Yangi Oʻzbekiston — mening nigohimda” nomli maqolalar tanlovi
O‘zbekiston O‘zbekiston
29 Apr, 2024 · Muddat tugagan

Iqtidorli yosh vatandoshlar uchun “Yangi Oʻzbekiston — mening nigohimda” nomli maqolalar tanlovi

Xalqaro musobaqalar Pul Mukofoti & Grant

Tavsif

Yoshlar ishlari agentligi, “El-yurt umidi” jamgʻarmasi, “Vatandoshlar” jamoat fondi va Oʻzbekiston yoshlari umumjahon assotsiatsiyasi hamkorligida xorijda istiqomat qilayotgan iqtidorli vatandoshlar va “El-yurt umidi” jamgʻarmasi stipendiatlari oʻrtasida “Yangi Oʻzbekiston — mening nigohimda” nomli maqolalar tanlovi boʻlib oʻtmoqda. Umumiy 10 nafar nomzod tanlov gʻoliblari sifatida saralab olinadi.

Tanlovni tashkil etishdan maqsad yosh vatandoshlar va “El-yurt umidi” jamgʻarmasi stipendiatlarining Vatanga boʻlgan muhabbatini oshirish, Oʻzbekistonni dunyo hamjamiyatidagi ijobiy imijini yanada oshirishga hissa qoʻshishlarini qoʻllab-quvvatlash, Yangi Oʻzbekistonda olib borilayotgan islohotlarni yanada xalqchil va keng miqyosda targʻib qilishdan iborat.

Maqolalarni qabul qilish jarayoni 2024-yilning 30-aprel sanasiga qadar davom etadi.

Dastur haqida batafsil ushbu havola orqali maʼlumot olish mumkin.

Kimlar uchun mo'ljallangan

  • 18 yoshga toʻlgan va hali 31 yoshga toʻlmagan yosh vatandoshlar va “El-yurt umidi” jamgʻarmasi stipendiatlari qatnashishi mumkin;
  • Kelib chiqishi Oʻzbekiston Respublikasidan boʻlgan, xorijga chiqqan va xorijiy davlat fuqaroligini yoki fuqaroligi boʻlmagan shaxs maqomini olgan shaxslar ham ishtirok etishi mumkin;
  • Ishtirokchilar oʻz maqolalarida Vatanga boʻlgan muhabbatini oshirish, Oʻzbekistonni dunyo hamjamiyatidagi ijobiy imijini yanada oshirishga hissa qoʻshishlarini qoʻllab-quvvatlash, Yangi Oʻzbekistonda olib borilayotgan islohotlarni yanada keng miqyosda targʻib qilishni keng yoritib berishlari kerak boʻladi.

Maqolalar quyidagi mezonlar orqali baholanadi:

  • maqolada islohotlarning yoritilganligi;
  • maqolada ijtimoiy muammolar va ularga yechimlar taklif etilganligi;
  • maqolada multimedia vositalaridan (jumladan, infografika, fotokallaj, foto
  • yoki videolar) foydalanganligi;
  • maqolaning xalqchil tilda yozilganligi va ommabopligi;
  • zamonaviy tahlil metodlaridan unumli foydalanilganligi;
  • maqolaning yoshlarga beradigan natijadorligi;
  • texnik, imloviy, uslubiy xatolardan holi ekanligi;
  • jurnalistik etikaga rioya qilinganligi, maqolaning xolisligi, nafrat tilidan qochish, maʼlum guruh va shaxslarni kamsitishdan xoli ekanligi.

Eslatma: Maqola tanlovdan tashqari biron ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilinmagan boʻlishi shart.

Imtiyozlar va qulayliklar

Tanlov gʻoliblari quyidagicha taqdirlanadi:

  • 1-oʻrin — Apple Macbook noutbugi;
  • 2-oʻrin — Apple iPad 11 pro plansheti;
  • 3-oʻrin — Apple iPad 9 plansheti;
  • 7 nafargacha boʻlgan saralangan nomzodlarning har biriga Apple smart watch beriladi.

Topshirish jarayoni

Dasturda qatnashishni istaganlar ushbu havola orqali ariza topshirib oʻz maqolalarini yuborishlari mumkin.

Ariza topshirish quyidagi tartibda boʻladi:

  1. Ishtirokchi haqida shaxsiy maʼlumotlar kiritiladi;
  2. Mavzu asosida yozilgan maqola PDF shaklda yuklanadi (1-10 MBgacha).

Maqolalarga qoʻyilgan texnik talablar:

  • Maqola oʻzbek tilida boʻlishi kerak;
  • Shrift shakli — Times New Roman;
  • Shrift hajmi — 14;
  • Hajmi — 4 betdan 7 betgacha.

Muhim: Avval eʼlon qilingan va plagiat deb topilgan maqolalar tanlovda ishtirok etmaydi.

Qo'shimcha ma'lumot

  • Dasturga hujjat topshirish uchun oxirgi muddat: 30-aprel, 2024-yil;
  • Ishlar 2024-yil 15-iyungacha koʻrib chiqiladi va gʻoliblar aniqlanadi;
  • 2024-yil 30-iyun kuni gʻoliblar eʼlon qilinadi;
  • Tel: +998-99-345-55-59.

Quyidagi ijtimoiy tarmoqlar orqali qoʻshimcha maʼlumot olish mumkin:

Muhim tafsilotlar

  • Imkoniyat turi

    Xalqaro musobaqalar

  • Moliyalashtirish

    Pul Mukofoti & Grant

  • Dastur tili

    O'zbek tili

  • Yosh chegarasi

    Min: 18, Max: 30

  • Jins

    Erkak, Ayol

O‘zbekiston Iqtidorli yosh vatandoshlar uchun “Yangi Oʻzbekiston — mening nigohimda” nomli maqolalar tanlovi
29 Apr, 2024
Muddat tugagan
GrantGo
© GrantGO 2026. Barcha huquqlar himoyalangan.