Iqtisod va savdo sohasidagi PhD talabalari uchun Jahon Savdo Tashkiloti tomonidan tadqiqot insholari tanlovi; CHF 5 000 pul mukofoti
Niderlandiya Niderlandiya
05 Iyn, 2022 · Muddat tugagan

Iqtisod va savdo sohasidagi PhD talabalari uchun Jahon Savdo Tashkiloti tomonidan tadqiqot insholari tanlovi; CHF 5 000 pul mukofoti

Bakalavr +1 Xalqaro musobaqalar Bepul o'qish

Tavsif

Jahon Savdo Tashkiloti(JST) yosh iqtisodchilarni 2022-yilgi WTO Essay Award for Young Economists tanlovi uchun insholarni topshirishga chaqiradi. Mukofotning maqsadi savdo siyosati va xalqaro savdo hamkorligi boʻyicha yuqori sifatli tadqiqotlarni ragʻbatlantirish va JST va akademik hamjamiyat oʻrtasidagi munosabatlarni mustahkamlashdir.

Jahon Savdo Tashkiloti(JST) savdo tendensiyalari va koʻp tomonlama savdo tizimini tushunishni chuqurlashtirish maqsadida iqtisodiy va savdo siyosati masalalari boʻyicha tahlil va maʼlumotlarni taqdim etadi. Ushbu sahifa JST tadqiqotlari, maʼlumotlar bazalari, nashrlar, vebinarlar va boshqa tashkilotlar bilan hamkorlik boʻyicha maʼlumotlarga kirish imkonini beradi.

Insholar 2022-yil 6-iyungacha topshirilishi kerak. JST Kotibiyatining Iqtisodiy Tadqiqotlar va Statistika boʻlimi 2022-yilning 17-iyuniga qadar munosib insholar roʻyxatini tuzadi va tanlov komissiyasi 2022-yil 15-iyulgacha yakuniy qaror qabul qiladi. Faqat saralangan insholar mualliflariga xabar beriladi.

Rasmiy eʼlon orqali tanlov haqida batafsil maʼlumot bilan tanishib chiqish mumkin.

Kimlar uchun mo'ljallangan

Tanlov talablari:

  • Ishtirokchi PhD dasturida tahsil olayotgan boʻlishi lozim;
  • Agar ishtirokchi 30 yoshdan katta boʻlsa, PhD darajasini 2 yildan oshmagan muddat ichida olgan boʻlishi lozim (Hammualliflik ishlari boʻlsa, ushbu talab barcha mualliflarga nisbatan qoʻllaniladi);
  • Insho savdo siyosati va xalqaro savdo hamkorligi bilan bogʻliq masalalar doirasida boʻlishi kerak;
  • Mukofot uchun koʻrib chiqilishi uchun, insho 15 000 soʻzdan oshmasligi kerak.

Rasmiy eʼlon orqali tanlov talablari bilan batafsil tanishib chiqish mumkin.

Imtiyozlar va qulayliklar

Tanlov gʻoliblari quyidagicha taqdirlanadi:

  • CHF 5,000 miqdorida pul mukofoti (Insho hammuallifi boʻlsa, mukofot mualliflar oʻrtasida teng taqsimlanadi);
  • Gʻolib boʻlgan insho xalqaro savdoga ixtisoslashgan eng yirik konferensiya boʻlgan European Trade Study Group (ETSG) yillik yigʻilishida rasman eʼlon qilinadi;
  • Gʻolib muallifga yigʻilishda qatnashish uchun mablagʻ taqdim etiladi;
  • Gʻoliblarni taqdirlash marosimi 2022-yilning 8-10-sentyabr kunlari Niderlandiyaning Groningen universitetida boʻlib oʻtadi.

Rasmiy eʼlon orqali batafsil maʼlumot bilan tanishib chiqish mumkin.

Topshirish jarayoni

Barcha insholar essay.award@wto.org manziliga yuborilishi kerak. Taqdim etiladigan hujjatlar PDF formatida alohida ilova sifatida boʻlishi kerak:

1. Insho
2. Muallifning quyidagi maʼlumotlarini oʻz ichiga olgan CV:

  • (i) joriy mansubligi(current affiliation);
  • (ii) fan nomzodi ilmiy darajasini bergan akademik muassasa;
  • (iii) PhD himoyasi yili yoki kutilayotgan yil;
  • (iv)muallifning tugʻilgan sanasi.

Akademik tanlov komissiyasi gʻolib boʻlgan maqolani tanlash uchun javobgardir. Panel tarkibiga quyidagi shaxslar kiradi:

Doktor Robert Kupman (JST Kotibiyatining Iqtisodiy tadqiqotlar va statistika boʻlimi direktori) panelning ex officio aʼzosi. Doktor Roberta Piermartini (JSTning Savdo xarajatlarini tahlil qilish boʻlimi boshligʻi) tanlov paneli ishini muvofiqlashtiradi.

Rasmiy eʼlon orqali hujjat topshirish boʻyicha batafsil maʼlumot bilan tanishib chiqish mumkin.

Qo'shimcha ma'lumot

Tanlovning avvalgi gʻoliblari haqidagi maʼlumotlar bilan ushbu havola orqali tanishib chiqish mumkin.

Muhim tafsilotlar

  • Imkoniyat turi

    Xalqaro musobaqalar

  • Moliyalashtirish

    Bepul o'qish

  • Daraja

    Bakalavr, Magistratura

  • Dastur tili

    Ingliz tili

  • Jins

    Erkak, Ayol

Niderlandiya Iqtisod va savdo sohasidagi PhD talabalari uchun Jahon Savdo Tashkiloti tomonidan tadqiqot insholari tanlovi; CHF 5 000 pul mukofoti
05 Iyn, 2022
Muddat tugagan
GrantGo
© GrantGO 2026. Barcha huquqlar himoyalangan.