Tavsif
Irlandiya davlati barcha mamlakat fuqarolari uchun magistratura va PhD bosqichida izlanishlar olib borayotgan/boradigan nomzodlar uchun to‘liq moliyalashtiradigan Government of Ireland Scholarships dasturini taqdim qiladi.
Dasturga qabul qilinganlar 30 yaqin oliygohlardan birida tadqiqot olib borish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Dastur tanlangan kurs va tadqiqot davomiyligiga qarab 4 yilgacha davom etadi. Dasturga qabul qilinganlar oylik stipendiya, tadqiqot xarajatlari hamda barcha to‘lovlar uchun mablag‘ bilan ta'minlanadilar.
Dastur davomiyligi quyidagicha:
- Research Master’s Degree - 1 yil
- Structured Research Master’s Degree - 2 yil
- Traditional Doctoral Degree- 3 yil
- Structured Doctoral Degree - 4 yil