Ikki toifadagi arizachilar imtiyozli o‘qishga da’vogarlik qilishlari mumkin:
- Yevropa Ittifoqiga a’zo davlatning doimiy yoki vaqtinchalik fuqarolari;
- Birinchi toifaga kirmaydigan barcha.
Garchi stipendiya, asosan, birinchi toifadagi arizachilarga ajratilsa-da, ikkinchi toifaga mansub nomzodlar ham yetarli foizlarda STEM yoki AHSS yo‘nalishlari bo‘yicha stipendiyani qo‘lga kiritib kelishmoqda.
Har bir ariza va material alohida ko‘rib chiqiladi. Mukofot egalari kamida 2 ta mustaqil hamkor tekshiruvchilar bahosiga asoslanib, loyiqlik darajasiga ko‘ra shaffof, xolis va adolatli tanlov tartibidan so‘ng tanlanadi. Arizalarni saralashda arizachilarning ismi, tug‘ilgan sanasi va jinsi komissiyaga ma’lum qilinmaydi. Eng yuqori baholarni qo‘lga kiritgan arizachilar Irish Research Council ga tavsiya qilinadi. Yakuniy qaror Irish Research Council tomonidan qabul qilinadi.
Arizalar 4 sarlavha asosida saralanadi:
- Arizachi;
- Loyiha;
- Taklif qilinayotgan (loyiha/tadqiqot)ni o‘qitish va rivojlantirish yo‘llari;
- Atrof-muhit.
- 23-oktabr, 2025-yil, Toshkent vaqti bilan 21:00 ga qadar nomzodlar arizani topshirib bo‘lishlari shart.
- Nomzodning ilmiy rahbari va taqrizchilari arizasi uchun oxirgi muddat esa 6-noyabr.
- Ilmiy idorani tasdiqlash muddati 13-noyabrda yakunlanadi.
- Natijalar 2026-yilning aprel oyida e’lon qilinadi.
- Ijobiy yakuniy xulosani qo‘lga kiritganlar 1-sentabr, 2026-yildan o‘qishni boshlari mumkin.
Nomzodlar tanlagan o‘qish turiga qarab (an’anaviy magistratura va doktorantura; ixtisoslashtirilgan magistratura va doktorantura) o‘qiydilar va stipendiyani qo‘lga kiritadilar.
Qoʻshimcha maʼlumot va savollar uchun: