Tavsif
Irlandiya oliy taʼlimini internatsionallashtirish, talabalar va xodimlar uchun sifatli taʼlim, ilmiy ishlar va tadqiqot boʻlimida xalqaro hamkorlikni shakllantirish maqsadida Government of Ireland — International Education Scholarship (GOI-IES) dasturi tashkil etilgan.
2026-yilgi GOI-IES dasturining maqsadi xalqaro hamkorlikda Irlandiyaning maqsadli ishtirokini aks ettirishdir. Dastur oliy taʼlim sohasida qoʻllaniladi va hukumat va oliy taʼlim muassasalari (OTM) hamkorligida moliyalashtiriladi. Dastur 60 nafar talaba uchun grant ajratgan boʻlib, talabalar ushbu universitetlarning istalgan yoʻnalishi boʻyicha taʼlim olish imkoniyatiga ega.
Dasturda Yevropa Ittifoqi va Yevropa Iqtisodiy hududi tarkibiga kiruvchi davlatlardan boshqa barcha davlatning ijtimoiy va akademik jihatdan faol va oʻzaro muloqot qilishda yetakchi boʻlgan talabalari ishtirok etishi mumkin.
Dastur haqida batafsil ma'lumotni bu yerdan olish mumkin.
Grant haqidagi maʼlumotlar bilan GrantGO tomonidan tayyorlangan quyidagi video/ovozli chat orqali ham tanishish mumkin: