Tavsif
Islom hamkorligi yoshlar forumi (ICYF) “Yosh muxbir fuqarolar - jamiyat ovozini kashf etish” Onlayn- media o‘quv lageri butun dunyo qiziquvchilarini dasturda ishtirok etishga chorlaydi. Onlayn-lagerda o‘quv mashg‘ulotlari 2021-yilning 15-19-noyabr kunlarida tashkil etiladi. 18-35 yosh oralig‘idagi media sohasida tajribasi bor musulmon jamiyat vakillari ariza berishlari mumkin. Training doirasida qamrab olinuvchi mavzular bilan batafsil bu yerda tanishish mumkin.
Onlayn-trainingdan ko‘zlangan bosh maqsad - axborotlarni raqamli bayon qila oluvchi (digital storytelling) va reportaj tayyorlay oluvchi fuqarolik jurnalistikasining yangi avlodini shakllantirish. Shuningdek, training davomida:
- Qatnashchilarning zamonaviy media va fuqarolik jurnalistikasi bo‘yicha xabardor qilish va kompetensiya (bilim, ko‘nikma va munosabat)larini yangilash;
- Media sohasidagi shaxsiy tajribalarini ulashish va jonli media vaqtida yo‘l qo’yiladigan e’tiborsizliklar kichik jamiyatlar uchun qanday muammolar yuzaga keltirishi mumkinligi haqida xabardor qilish imkonini beruvchi platforma yaratish;
- Yosh mustaqil jurnalistlarni va jurnalistik qadriyatlarni saqlash uchun beminnat kontent yaratib kelayotgan mahalliy jurnalistlarni o‘z sohasi doirasida ruhlantirish va rag‘batlantirish;
- Media sohasida o‘z kelajagini tasavvur qiluvchilar uchun soha bo‘yicha aniq tasavvurlar berish ham nazarda tutilgan.
Training ishtirokchilariga dastur so‘nggida maxsus sertifikat topshiriladi.