Tavsif
Ispaniya temiryoʻl jamgʻarmasi (Spanish Railways Foundation) 31- “Caminos de Hierro” fotolar tanlovini eʼlon qiladi. Tanlov temiryoʻl va poyezdlarga qiziquvchi barcha ijodkor fotograflar uchun moʻljallangan. Ushbu tanlov har yili oʻtkaziladigan eng yaxshi tanlovlardan biri boʻlib, dasturda qatnashuvchi professional hamda havaskor ishtirokchilar soni tobora ortib bormoqda. Tanlovning 30-turida 1,700 dan oshiq nomzodlar 3,726 dan oshiq fotolari bilan ishtirok etishgan.
Tanlovga jami 8,400 yevro mablagʻ ajratilgan boʻlib, birinchi oʻrin uchun 4,000 yevro, ikkinchi oʻrin uchun 2,000 yevro, eng yosh fotograf nominatsiyasiga 1,200 yevro hamda eng yaxshi 4 oʻrin uchun 300 yevrodan ajratiladi. Gʻoliblar 2023-yilning fevral oyida eʼlon qilinadi va mukofotlanadi.
Tanlov uch bosqichda boʻlib oʻtadi. Dastlabki bosqichga rasmlar onlayn joʻnatiladi. Saralash bosqichiga oʻtganlardan esa fotolarning qogʻoz variantini joʻnatish talab qilinadi. (Boshqa davlatda yashovchilar pochta xizmati orqali joʻnatishlari mumkin). Bu bosqichda 150 ta rasmlar tanlab olinadi. Final bosqichicha esa ushbu rasmlardan 70 tasi tanlab olinadi va chop etiladi. Rasmlar temiryoʻl sohasidagi sanʼat boʻyicha mutaxassislar tomonidan saralab olinadi.
Tanlov haqida ushbu havola orqali batafsil maʼlumot olish mumkin.