Tavsif
Ispaniyada joylashgan mashhur Barcelona School of Economics tomonidan magistratura bosqichini toʻliq va qisman moliyalashtirilgan holda iqtisod, moliya yoki maʼlumotlar tahlili yoʻnalishida oʻqish uchun grant dasturi taqdim etiladi. Dastur 2025-yil sentyabr oyida boshlanadi.
Grantga nomzodlar merit-based tamoyili asosida saralab olinadi, yaʼni nomzodlarni nafaqat akademik koʻrsatkichlariga qarab, balki barcha qobiliyatlari: faolligi, intiluvchanligi, jamiyat hayotini qanchalik ijobiy tomonga oʻzgartira olishi va shaxsiy koʻnikmalari ham hisobga olinadi.
Magistratura bosqichini uch xil yoʻnalishda oʻqish mumkin:
- Iqtisodiyot va moliya (Master Degree in Economics and Finance);
- Ixtisoslashgan iqtisodiy tahlil (Master Degree in Specialized Economic Analysis);
- Maʼlumotlar boʻyicha ishlash (Master Degree in Data Science).
Dastur haqida batafsil ushbu havola orqali maʼlumot olish mumkin.