Tavsif
Germaniya oliygohlarida istalgan soha boʻyicha bakalavr, magistratura va doktorantura bosqichida oʻqish uchun qabul qilingan xorijiy talabalarni qoʻllab-quvvatlash, ularga moddiy jihatdan yordam berish maqsadida DAAD tashkiloti Friedrich Ebert Foundation dasturini eʼlon qiladi. Dasturda ijtimoiy va siyosiy bilimga ega boʻlgan, oʻz sohasi boʻyicha yuqori akademik koʻrsatkichlar koʻrsatgan talabalar ishtirok etishi mumkin.
Friedrich Ebert Foundation jamgʻarmasi ijtimoiy jihatdan faol talabalarni ushbu dasturda ishtirok etishga chorlaydi. Dasturga qabul qilingan talabalar tashkilot uchun taʼlim muassasa vakili, talabalar kengashi, davlat va nodavlat tashkilotlarda ishlash majburiyatini olishi lozim. Talabalar dasturda ishtirok etish uchun yuqori motivatsiya ega boʻlish bilan birga, nemis tilini bilishi lozim.
Har yili oʻrtacha 40 nafar talaba ushbu grant bilan taqdirlanadi va oylik stipendiyaga ega boʻladi