Isteʼdodli ixtirochilar uchun Respublika “Ixtirochilik va ratsionalizatorlik” koʻrik-tanlovi. Gʻoliblar pul mukofoti bilan taqdirlanadi!
O‘zbekiston O‘zbekiston
05 Okt, 2023 · Muddat tugagan

Isteʼdodli ixtirochilar uchun Respublika “Ixtirochilik va ratsionalizatorlik” koʻrik-tanlovi. Gʻoliblar pul mukofoti bilan taqdirlanadi!

Xalqaro musobaqalar Pul Mukofoti & Grant

Tavsif

“Ixtirochilik va ratsionalizatorlik” koʻrik-tanlovi Innovatsion rivojlanish vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi, Fanlar akademiyasi, oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi tomonidan tashkil etilmoqda. 

Tanlov 16 yoshdan 40 yoshgacha boʻlgan eng yaxshi ixtirochilar va ratsionalizatorlarni izlab topish va ularni oʻzlari qiziqqan sohaga yoʻnaltirish, ilmiy-texnik izlanuvchanligi, ixtirochiligini ragʻbatlantirish maqsadida har yili oʻtkaziladi. 

Tanlovda qatnashish uchun aniq bir ixtiro, foydali model va ratsionalizatorlik taklifiga ega boʻlish kerak.

Mazkur koʻrik-tanlovda loyihalarni saralash mezonlari quyidagilardan iborat:

  • Energiya va resurslarni tejash, zamonaviy texnologiyalar va yangi materiallar yaratish;
  • Atrof-muhitni himoyalash boʻyicha muammolarni hal qilish;
  • Ijtimoiy ahamiyati va jamiyatga keltira oladigan foydasi;
  • Foydalanishga tayyorligi;
  • Eksportga moʻljallanganligi va import oʻrnini bosishi. 

Dasturga ariza topshirishning oxirgi muddati —  2023-yil 6-oktyabr.

Tanlov haqida batafsil ushbu havola orqali tanishib chiqish mumkin.

Kimlar uchun mo'ljallangan

  • Tanlovda qatnashish uchun 16 yoshdan 40 yoshgacha boʻlish kerak;
  • Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi boʻlishi lozim;
  • Aniq bir ixtiro, foydali model va ratsionalizatorlik taklifiga ega boʻlishi;
  • Tanlovda ishtirok etmoqchi boʻlgan loyihaning prototipi mavjud boʻlishi kerak.

Imtiyozlar va qulayliklar

  • Tanlovning 1, 2 va 3-oʻrin sohiblari tegishlicha BHMning 300, 250 va 200 baravari miqdorida bir martalik pul mukofoti va sertifikat bilan taqdirlanadi;
  • Shuningdek, gʻoliblar oʻzlari tamomlagan taʼlim yoʻnalishidan kelib chiqib, 3 yil muddatda Prezident taʼlim muassasalari tizimidagi taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilinish boʻyicha tavsiya kiritiladi. 

Topshirish jarayoni

  • Tanlovda ishtirok etish uchun ushbu havola orqali ariza qoldirish kerak.

Qo'shimcha ma'lumot

Tanlov nizomi bilan ushbu havola orqali tanishish mumkin.

Muhim tafsilotlar

  • Imkoniyat turi

    Xalqaro musobaqalar

  • Moliyalashtirish

    Pul Mukofoti & Grant

  • Dastur tili

    O'zbek tili

  • Yosh chegarasi

    Min: 16, Max: 40

  • Jins

    Erkak, Ayol

O‘zbekiston Isteʼdodli ixtirochilar uchun Respublika “Ixtirochilik va ratsionalizatorlik” koʻrik-tanlovi. Gʻoliblar pul mukofoti bilan taqdirlanadi!
05 Okt, 2023
Muddat tugagan
GrantGo
© GrantGO 2026. Barcha huquqlar himoyalangan.