Tavsif
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 15-fevral 66-sonli qaroriga muvofiq, har yili Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “President Tech Award” sovrini uchun tanlov oʻtkazilib, uning doirasida umumiy mukofot jamgʻarmasi 1 000 000 AQSh dollarini tashkil qiluvchi raqamli texnologiyalar sohasidagi eng yaxshi startap-loyihalar aniqlanadi. Dasturda 30 yoshgacha boʻlgan Oʻzbekiston fuqarolari hamda IT Park xodimlari boʻlgan chet el fuqarolari ishtirok etishlari mumkin.
Musobaqa asosiy va maxsus yoʻnalishlarga boʻlinadi. Dasturda 5 ta asosiy yoʻnalish mavjud. 72 soat ichida raqamli yechim yaratishni nazarda tutuvchi Xakaton Gran-prisi esa maxsus yoʻnalishga aylanadi. Tanlov 5 bosqichda oʻtkaziladi. Arizalarni qabul qilish jarayoni 30-iyungacha davom etadi. Gʻoliblarni aniqlash va taqdirlash jarayoni esa 20-noyabr va 10-dekabr oraligʻida boʻlib oʻtadi. Tanlovning asosiy yoʻnalishlari gʻoliblari ommaviy ovoz berish yoʻli bilan aniqlanadi. Xakaton natijalari esa (maxsus yoʻnalish) esa mustaqil tashkilot tomonidan baholanadi.
Dastur haqida ushbu havola orqali batafsil maʼlumot olish mumkin.