IT mutaxassisi boʻlishni istovchilarga motivatsion hikoya yozish orqali IT markazlarida bepul oʻqish uchun 10 ta grant oʻrni
O‘zbekiston O‘zbekiston
22 Dek, 2021 · Muddat tugagan

IT mutaxassisi boʻlishni istovchilarga motivatsion hikoya yozish orqali IT markazlarida bepul oʻqish uchun 10 ta grant oʻrni

To‘liq taʼlim Pul Mukofoti & Grant

Tavsif

O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sherzod Shermatov O‘zbekiston Respublikasi bo‘ylab IT-Markazlarda o‘qish uchun 10 ta grant taqdim etishini e'lon qildi.

Nega aynan IT sohasini tanlaganligi yoki shu soha mutaxassisiga aylanmoqchi ekanligini bayon etolgan 10 ta eng kuchli insho/hikoya egalari IT-markazlarida bepul o'qitiladilar va noutbuk bilan taqdirlanadilar. Bundan tashqari, ularga IT-kompaniyasiga ishga joylashishda yordam beriladi.

Tanlov haqida batafsil rasmiy telegram sahifasida o'qish mumkin.

Kimlar uchun mo'ljallangan

  • Tanlovda oʻz kelajagini IT mutaxassisi sifatida koʻra oluvchi barcha ishtirok etishi mumkin.

Imtiyozlar va qulayliklar

  • Eng kuchli deb topilgan 10 nafar g'olib IT markazlarida bepul o'qitiladi va noutbuk sovg'a qilinadi;
  • IT kompaniyalarida ishga joylashishda yordam beriladi.

Topshirish jarayoni

Arizalar ushbu havola orqali yuboriladi. Bunda ishtirokchilardan:

  • Toʻliq ism-sharif;
  • Telefon raqami;
  • Tugʻilgan yili va joyi;
  • Nega aynan IT sohasini tanlagani va uni muhim deb hisoblashi haqida hikoya yozish soʻraladi.

Muhim tafsilotlar

  • Imkoniyat turi

    To‘liq taʼlim

  • Moliyalashtirish

    Pul Mukofoti & Grant

  • Soha

    Kompyuter fanlari va IT

  • Dastur tili

    O'zbek tili

  • Jins

    Erkak, Ayol

O‘zbekiston IT mutaxassisi boʻlishni istovchilarga motivatsion hikoya yozish orqali IT markazlarida bepul oʻqish uchun 10 ta grant oʻrni
22 Dek, 2021
Muddat tugagan
GrantGo
© GrantGO 2026. Barcha huquqlar himoyalangan.