IT Park bilan hamkorlikda tashkil etilayotgan an'anaviy "Open Data Challenge” oflayn xakatoni
O‘zbekiston O‘zbekiston
16 Yan, 2023 · Muddat tugagan

IT Park bilan hamkorlikda tashkil etilayotgan an'anaviy "Open Data Challenge” oflayn xakatoni

Bakalavr +1 Xalqaro musobaqalar Pul Mukofoti & Grant

Tavsif

Open Data Challenge Hackathon - ochiq ma'lumotlar yordamida ilovalarni ishlab chiqish bo’yicha yillik xakaton. 

Xakaton tashkilotchilari: IT Park YXHTning O‘zbekistondagi loyihalari koordinatori va Virtual Group IT-kompaniyasi bilan birgalikda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi, Korruptsiyaga qarshi kurash agentligi va Akfa University.

Bu xakatonning maqsadi:

  • mavzu doirasidagi professional hamjamiyatni rivojlantirish;
  • davlat va shahar hokimiyati vakillarining, shuningdek xakaton ishtirokchilariga tegishli vakolatlarini rivojlantirish;
  • davlat va shahar ochiq ma'lumotlarning ijtimoiy va iqtisodiy salohiyatini amalga oshirish.

Xakaton quyidagi yo'nalishlar doirasida o'tkaziladi:

  • Davlat sektori
  • Ijtimoiy sektor
  • Biznes sektori
  • Korrupsiyaga qarshi kurashish sektori

Xakaton o'tkazilish vaqti: 27–29-yanvar, Toshkent, oflayn.

Bundan tashqari, ochiq ma’lumotlardan foydalanish bo‘yicha mutaxassislar jalb qilingan yoʻnalishlarda xakaton ishtirokchilari uchun maxsus vorkshoplar o‘tkazish rejalashtirilgan. Xakaton boshlanishidan oldin ishtirokchilarga yoʻnalishlar boʻyicha 4 ta vebinar va ochiq ma’lumotlar bo‘yicha 1 ta vorkshop o‘tkaziladi. 

Kimlar uchun mo'ljallangan

  • Barcha tadbirlarda toʻliq ishtirok etish (4 ta vebinar onlayn tarzda va 1 ta vorkshop oflayn tarzda oʻtkaziladi; “Open Data Challenge” xakathonining oʻzi oflayn tarzda oʻtkaziladi);
  • 72 soatlik oflayn xakatonda to'liq ishtirok etish (ishtirokchilar o'zlarini barqaror Internet aloqasi bilan ta'minlashi kerak);
  • Kodni GitHub-ga yuklagan holda, ochiq ma'lumotlar yordamida raqamli yechim (dastur, xizmat, qurilma) yaratish;
  • Agar jamoa tarzida ishtirok etilsa, jamoada uch kishidan ko'p ishtirokchi bo'lmasligi va ishtirokchilardan biri ishtirok etish uchun jamoaviy ariza topshirishi kerak;
  • Xakatonga individual ariza topshirish mumkin. Bunda xakaton boshlangan vaqtda ishtirokchi o'zi uchun jamoa topib, birlashishi kerak.

Imtiyozlar va qulayliklar

  • 3 ta sovrinli o'rin tashkilotchilarning qimmatbaho sovg‘alariga ega bo‘ladi.

Topshirish jarayoni

Xakatonga bu yerdan ro'yxatdan o'tiladi.

Qo'shimcha ma'lumot

Tadbirlar (seminar va vorkshop) vaqti:

  • Hukumat sektori. Sana: 17-yanvar - Vebinar;
  • Ijtimoiy sektor. Sana: 18-yanvar - Vebinar;
  • Biznes sektori. Sana: 19-yanvar - Vebinar;
  • Korrupsiyaga qarshi kurashshish sektori. Sana: 20-yanvar - Vebinar;
  • Vorkshop. Sana: 24 yanvar - Hackathon bo'yicha vorkshop.\

Murojaat uchun:

Muhim tafsilotlar

  • Imkoniyat turi

    Xalqaro musobaqalar

  • Moliyalashtirish

    Pul Mukofoti & Grant

  • Daraja

    Bakalavr, Magistratura

  • Dastur tili

    O'zbek tili

  • Yosh chegarasi

    Min: 16

  • Jins

    Erkak, Ayol

O‘zbekiston IT Park bilan hamkorlikda tashkil etilayotgan an'anaviy "Open Data Challenge” oflayn xakatoni
16 Yan, 2023
Muddat tugagan
GrantGo
© GrantGO 2026. Barcha huquqlar himoyalangan.