Tavsif
IT Park, IT akademiyasi, Oʻzbekiston oliy taʼlim muassasalari qoshidagi inkubatsiya markazlari va Dubay Future Foundation hamkorligida Respublika boʻylab 20 ta universitet talabalari oʻrtasida sovrin jamgʻarmasi 20 000 dollar boʻlgan “STUDENTS CUP” 2021 startap loyihalari tanlovining ikkinchi toʻlqinini e'lon qiladi.
Tanlov talabalar oʻrtasida tadbirkorlik va startap ekotizimlarini rivojlantirish maqsadida tashkil etilayotgan bo‘lib, arizalar 25-oktabrdan 7-noyabrgacha qabul qilinadi.
Tanlovda qatnashish orqali IT Park tomonidan qoʻllab-quvvatlanadigan inkubatsiya markazlariga ega boʻlgan 20 ta oliy taʼlim muassasasi talabalari innovatsion loyihalarni boshqarish boʻyicha oʻz malakalarini oshirish, barcha kamchiliklarni hisobga olgan holda oʻzlarining MVPlarini puxtalik bilan ishlab chiqish va shu yilning dekabr sanasida boʻlib oʻtadigan yakuniy taqdimotga tayyorgarlik koʻrish imkoniyatiga ega boʻladilar.
Butun tayyorgarlik jarayonida tanlov ishtirokchilariga axborot texnologiyalari va innovatsiyalar sohasida tajribali mutaxassislardan iborat murabbiylar hamrohlik qiladilar, ular barcha qiziqtirgan savollarga javob beradilar va xatolarni tuzatishga yordam beradilar.
Tanlovda quyidagi universitet talabalari qatnashishlar mumkin:
- Toshkent shahridagi Inha universiteti
- Toshkent shahridagi Amiti universiteti
- Toshkentdagi Turin politexnika universiteti
- Toshkentdagi Plexanov nomidagi RIU filiali
- Toshkent moliya instituti
- Toshkentdagi Singapur menejmentni rivojlantirish instituti
- Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti
- Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti
- Toshkent pediatriya tibbiyot instituti
- Jahon diplomatiyasi va iqtisodiyot universiteti
- Qarshi muhandislik-iqtisodiyot universiteti
- Toshkent davlat pedagogika universiteti Shahrisabz filiali
- Toshkent kimyo-texnologiya institutining Shahrisabz filiali
- Toshkent axborot texnologiyalari universitetining Samarqand filiali
- Andijon davlat tibbiyot instituti
- Oʻzbekiston Milliy universiteti Jizzax filiali
- Jizzax davlat pedagogika instituti
- Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Fargʻona filiali
- Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Urganch filiali
- Guliston davlat universiteti