IT Park rezidenti EPAM Systemsdan yangi dasturchilarga .NET Development boʻyicha bepul onlayn kurs
O‘zbekiston O‘zbekiston
27 Fev, 2022 · Muddat tugagan

IT Park rezidenti EPAM Systemsdan yangi dasturchilarga .NET Development boʻyicha bepul onlayn kurs

Kurslar Bepul ishtirok

Tavsif

IT Park rezidenti “EPAM Systems” boshlangʻich dasturchilar uchun .NET Development boʻyicha bepul kursni boshlaydi. Kurs ingliz tilida olib boriladi va 9 hafta davom etadi.

Onlayn kursda, har qanday murakkablik darajasidagi turli xil ilovalarni yaratishga, shuningdek, IT sohasidagi eng soʻnggi texnologiyalardan xabardor boʻlishga intiluvchi, dasturlash tillari bilan ishlash tajribasiga ega boʻlgan texnik universitetlarning talabalari/bitiruvchilari ishtirok etishi mumkin. Bundan tashqari, professional koʻnikmalarini rivojlantirib, .NET kichik muhandisi(Junior .NET engineer) boʻlishni xohlaydigan yangi dasturchilar ham ishtirok etishga chaqiriladi.

Kurs 3 bosqichdan iborat boʻladi:

1️-bosqich C# tilida dasturlash asoslari boʻyicha amaliy mashgʻulotlarga bagʻishlanadi;

2️-bosqich C# tili va .NET frameworkni chuqurroq oʻrganishni oʻz ichiga oladi;

3️-bosqich – amaliyot. Kursni muvaffaqiyatli tamomlagandan soʻng, ishtirokchilar, EPAM Uzbekistan kompaniyasida .NET boʻyicha amaliyot oʻtash va bu orqali ishga qabul qilinish imkoniga ega boʻladi.

Kurs davomida Internet of Things(IoT), bulutli texnologiyalar, oʻyinlar yaratish(gamedev), neyron tarmoqlar va veb-ilovalar haqida oʻrganish mumkin.

Batafsil maʼlumot bilan rasmiy sayt orqali tanishib chiqish mumkin.

Kimlar uchun mo'ljallangan

Kurs ishtirokchilardan quyidagilar talab etiladi:

  • Dasturlash boʻyicha tajribaga ega boʻlgan universitet talabalari/bitiruvchilar ishtirok etishi mumkin.
  • Asosiy dasturlash tillari koʻnikmalari: elementar kodni oʻqish va tushunish, oddiy algoritm yarata olish;
  • Obyektga yoʻnaltirilgan (Object-Oriented) dasturlash tili C# asoslarini bilish;
  • Ingliz tilini bilish darajasi kamida B1(intermediate) boʻlishi kerak.

Kurs talablari bilan batafsil rasmiy saytda tanishib chiqish mumkin.

Imtiyozlar va qulayliklar

Trening kursi quyidagi imtiyozlarni taqdim etadi:

  • Kurs mutlaqo bepul va onlayn;
  • Ishtirokchilar C# dasturlash tili asoslari va .NET Development bo'yicha chuqurroq bilimga ega bo'lishi mumkin;
  • Kusni muvaffaqiyatli tamomlagan ishtirokchilar EPAM Uzbekistan kompaniyasida .NET Development boyicha amaliyot o'tash imkoniga ega bo'ladi.

Kurs va uning imtiyozli jihatlari bilan batafsil rasmiy saytda tanishib chiqish mumkin.

Topshirish jarayoni

  1. Rasmiy saytdan onlayn tarzda roʻyxatdan oʻtish lozim. Roʻyxatdan oʻtish jarayonida ishtirokchilardan ayrim shaxsiy maʼlumotlari soʻraladi
  2. Roʻyxatdan oʻtgan ishtirokchilar intervyu orqali saralab olinadi.

Muhim tafsilotlar

  • Imkoniyat turi

    Kurslar

  • Moliyalashtirish

    Bepul ishtirok

  • Dastur tili

    Ingliz tili

  • Jins

    Erkak, Ayol

O‘zbekiston IT Park rezidenti EPAM Systemsdan yangi dasturchilarga .NET Development boʻyicha bepul onlayn kurs
27 Fev, 2022
Muddat tugagan
GrantGo
© GrantGO 2026. Barcha huquqlar himoyalangan.