IT Park rezidenti “Exadel” tomonidan tashkil etilgan 2 oylik “JavaScript Automation QA” treningida bepul ishtirok etish va ushbu kompaniya xodimiga aylanish imkoniyati
O‘zbekiston O‘zbekiston
16 Yan, 2022 · Muddat tugagan

IT Park rezidenti “Exadel” tomonidan tashkil etilgan 2 oylik “JavaScript Automation QA” treningida bepul ishtirok etish va ushbu kompaniya xodimiga aylanish imkoniyati

Kurslar Bepul ishtirok

Tavsif

IT Park rezidenti “Exadel” avtomatlashtirilgan testda oʻzini sinab koʻrmoqchi boʻlgan barchani “JavaScript Automation QA” treningiga taklif qiladi.

“JavaScript Automation QA training for beginners” – bu hamfikrlarni topish, “Exadel” kompaniyasining QA mutaxassislaridan oʻrganish va haqiqiy “Exadel” loyihalaridan birida test koʻnikmalarni oshirish imkoniyati. Va eng muhimi, bu treningni muvaffaqiyatli tugatgandan soʻng ish taklifini olish uchun haqiqiy imkoniyat. Amaliyotchilarning 50% dan ortigʻi “Exadel” xodimlariga aylanadi.

Trening 2022-yil 1-fevral sanasidan boshlanadi va 2 oy davom etadi. Darslar rus tilida onlayn tarzda olib boriladi.

Kimlar uchun mo'ljallangan

Nomzodlarga qoʻyiladigan talablar:

  • Nomzod rus va ingliz tilini yaxshi bilishi kerak. Ingliz tilidan Intermediate yoki undan yuqori daraja talab etiladi;
  • JavaScriptning asosiy bilimlarga ega boʻlishi lozim;
  • HTTP/HTTPs, TCP/IP, Client-Server boʻyicha asosiy bilimlarni yaxshi oʻzlashtirgan boʻlishi kerak;
  • Tester lavozimida ishlashga katta xohishga ega boʻlishi zarur.

Dastur talablari haqida batafsil ushbu havola orqali maʼlumot olish mumkin.

Imtiyozlar va qulayliklar

Trening davomida ishtirokchilar quyidagi imkoniyatlarga ega boʻladi:

  • Ishtirokchilar 2 oylik treningda bepul qatnashish imkoniga ega boʻladi;
  • Amaliyotchilarning 50% dan ortigʻi “Exadel” xodimlariga aylanadi;
  • Zamonaviy nazariy baza: sinov asoslari, test hujjatlarining turlari va xillari bilan tanishadi;
  • Sinovlarni avtomatlashtirish asoslari, test holatlarini yozish, xatolarni tavsiflash, nazorat varaqlarini tuzish boʻyicha koʻnikmalariga ega boʻladi;
  • JavaScript uchun test avtomatlashtirish ramkalaridan foydalanish asoslari boʻyicha tushunchalarini rivojlantiradi;
  • Oʻz sinovlarini avtomatlashtirish skriptlarini yaratish va ishga tushirish boʻyicha amaliy tajribaga ega boʻladi.

Topshirish jarayoni

Dasturda ishtirok etish uchun nomzodlar ushbu havola orqali ariza topshirishlari kerak boʻladi.

Qo'shimcha ma'lumot

Saralash bosqichi. Roʻyxatdan oʻtish tugagandan soʻng saralash testidan va suhbatdan oʻtish lozim. “Exadel” ning masʼul menejerlari barchaga pochta orqali testga taklifnoma yuboradilar, shuningdek “Spam” jildini tekshirib turish kerak.

Dastur haqida batafsil ushbu havola orqali maʼlumot olish mumkin.

Muhim tafsilotlar

  • Imkoniyat turi

    Kurslar

  • Moliyalashtirish

    Bepul ishtirok

  • Dastur tili

    Ingliz tili, Rus tili

  • Jins

    Erkak, Ayol

  • IELTS talabi

    Min: 5

O‘zbekiston IT Park rezidenti “Exadel” tomonidan tashkil etilgan 2 oylik “JavaScript Automation QA” treningida bepul ishtirok etish va ushbu kompaniya xodimiga aylanish imkoniyati
16 Yan, 2022
Muddat tugagan
GrantGo
© GrantGO 2026. Barcha huquqlar himoyalangan.