“IT Park Tashkent” da 4 ta yoʻnalish boʻyicha amaliyot oʻtash va ishga kirish imkoniyati
O‘zbekiston O‘zbekiston

“IT Park Tashkent” da 4 ta yoʻnalish boʻyicha amaliyot oʻtash va ishga kirish imkoniyati

Amaliyot Bepul o'qish

Tavsif

“IT Park Tashkent” da 4 ta yoʻnalish boʻyicha amaliyot oʻtash va ishga kirish imkoniyati. Amaliyotchilar o‘z sohasining tajribali mutaxassislari rahbarligida nazariy bilimlari hamda amaliy ko‘nikmalarini oshirishlari mumkin.

IT Park – bu respublikamizda IT sohasini rivojlantirish hamda yoshlarning va mahalliy IT kompaniyalarning oʻsishini qoʻllab-quvvatlash bilan shugʻullanadigan yirik IT tashkilot hisoblanadi. Tashkilotda turli yoʻnalishlar boʻyicha oʻz bilimi va koʻnikmalarini rivojlantirishni istaydigan mutaxassislardan tashkil topgan jamoa faoliyat koʻrsatadi.

Amaliyot oʻtash uchun 4 ta asosiy yoʻnalish:

  • HR – Human Resource, xodimlar bilan ishlash;
  • Mintaqaviy rivojlanish;
  • IT taʼlim;
  • Ingliz tilidan dars berish.

Amaliyot 1 oydan 2 oygacha davom etadi va keyinchalik “IT Park” ga rasmiy ravishda ishga joylashishingiz mumkin.

Kimlar uchun mo'ljallangan

  • Oʻzbek va rus tillarida erkin gaplashish;
  • Ingliz tilini oʻqitish boʻlimi uchun ingliz tilini yuqori darajada bilish shart;
  • Kompyuter savodxonligi;
  • Tez muloqotga kirisha olish va masʼuliyatni his qilish.

Imtiyozlar va qulayliklar

  • Amaliyotchilar oʻz sohasining tajribali mutaxassislari rahbarligida nazariy bilimlari hamda amaliy koʻnikmalarini oshirishlari mumkin;
     
  • Amaliyot 1 oydan 2 oygacha davom etadi va keyinchalik “IT Park” ga rasmiy ravishda ishga joylashishingiz mumkin.

Topshirish jarayoni

Quyidagi link orqali ariza shaklini to'ldiring: https://docs.google.com/forms/d/1kqZpV-OSglvEYjLy4TAOLM1arIAzVTR7BnDUj1yqqrU/edit

Qo'shimcha ma'lumot

  • Joylar soni cheklanganligi sababli qancha erta ariza topshirsangiz qabul qilinish imkoniyatingiz oshadi;
     
  • Ariza shaklini toʻldirish mobaynida savollarga aniq va toʻgʻri javob berishga harakat qiling.

Muhim tafsilotlar

  • Imkoniyat turi

    Amaliyot

  • Moliyalashtirish

    Bepul o'qish

  • Soha

    Kompyuter fanlari va IT

  • Dastur tili

    Ingliz tili, Rus tili, O'zbek tili

O‘zbekiston “IT Park Tashkent” da 4 ta yoʻnalish boʻyicha amaliyot oʻtash va ishga kirish imkoniyati
GrantGo
© GrantGO 2026. Barcha huquqlar himoyalangan.