IT Park tomonidan Jizzax shahridagi Erkin Iqtisodiy Zonada korporativ akselerator xizmatida ishtirok etish imkoniyati
O‘zbekiston O‘zbekiston
24 Noy, 2021 · Muddat tugagan

IT Park tomonidan Jizzax shahridagi Erkin Iqtisodiy Zonada korporativ akselerator xizmatida ishtirok etish imkoniyati

Kurslar Pul Mukofoti & Grant

Tavsif

IT Park tashabbusi bilan joriy yilning 1-noyabridan boshlab “Jizzax” EIZ direksiyasi bilan hamkorlikda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hamda Jizzax viloyati hokimligi koʻmagida “Jizzax” erkin iqtisodiy zonasida keyinchalik ishga joylashish imkoniyatiga ega korporativ akselerator uchun arizalar qabul qilinmoqda.

Akseleratorda “Nurli Toʻlqin Servis”,” Evergreen Agriculture”, “Mingyuan Silu Industry”, “ADM Jizzakh” va “Global Optical Communication Uzbekistan” kabi ishlab chiqarish kompaniyalarining turli biznes muammolarini hal qilish uchun innovatsion loyihalarni ishlab chiqishga qiziqqan talabalar, yosh tadbirkorlar, startap asoschilari va yosh olimlar ishtirok etishlari mumkin.

Akseleratorning asosiy maqsadi mamlakatimizdagi yirik korxonalarda biznes jarayonlarini avtomatlashtirish uchun yoshlar tomonidan ishlab chiqilgan innovatsion yechimlarni joriy etishdan iborat.

Kimlar uchun mo'ljallangan

  • Dasturda innovatsion loyihalarni ishlab chiqishga qiziqqan jizzaxlik talabalar, yosh tadbirkorlar, startap asoschilari va yosh olimlar ishtirok etishlari mumkin.

Imtiyozlar va qulayliklar

Dasturga qabul qilinganlar quyidagi imkoniyatlarga ega boʻladi:

  • Bir necha oy davom etadigan ushbu kursda IT va tadbirkorlik sohasida tajribali mutaxassislar maslahat beriladi;
  • Barcha manfaatdor akselerator ishtirokchilariga faoliyat va ishlab chiqarish jarayonlarini oʻrganish imkoniyati beriladi;
  • Belgilangan muddat tugagach, yosh mutaxassislarga korxona rahbarlariga ishlab chiqarish ishlarini soddalashtirish boʻyicha oʻz startap loyihalarini taqdim etish imkoniyati beriladi;
  • Eng yaxshi loyihalar mualliflari potensial biznes yechimlarini yanada samaraliroq amalga oshirish uchun startap loyihasini birgalikda amalga oshirish boʻyicha taklif olishlari mumkin boʻladi.

Topshirish jarayoni

Korporativ akseleratorda ishtirok etish uchun ushbu havola orqali ariza topshirishi lozim.

Muhim tafsilotlar

  • Imkoniyat turi

    Kurslar

  • Moliyalashtirish

    Pul Mukofoti & Grant

  • Dastur tili

    Ingliz tili

  • Jins

    Erkak, Ayol

O‘zbekiston IT Park tomonidan Jizzax shahridagi Erkin Iqtisodiy Zonada korporativ akselerator xizmatida ishtirok etish imkoniyati
24 Noy, 2021
Muddat tugagan
GrantGo
© GrantGO 2026. Barcha huquqlar himoyalangan.