IT Park tomonidan Nukus yoshlari uchun bepul mobil ilova yaratish kursi
O‘zbekiston O‘zbekiston
20 Noy, 2021 · Muddat tugagan

IT Park tomonidan Nukus yoshlari uchun bepul mobil ilova yaratish kursi

Kurslar Pul Mukofoti & Grant

Tavsif

IT Park EXHT, Edunomics va TATU Nukus filiali bilan hamkorlikda Nukus shahrida yoshlar uchun bepul «Mobil ilovalar yaratishga kirish» kursini ishga tushirmoqda.

Kurs dasturi 2 moduldan iborat:

  • 1️-modul: Kotlin dasturlash tilini o‘rganish;
  • 2️-modul: interfeyslarni yaratish va Android OS’da mobil ishlab chiqishning asosiy prinsiplarini tushunish.

Ushbu kurs 1 yarim oy davom etadi va  Nukus shahar IT Markazi mutaxassisi - dasturiy injiniring sohasida katta tajribaga ega Gulshad Azatova tomonidan rus va qozoq tillarida olib boriladi. 

Kimlar uchun mo'ljallangan

  • Ushbu kursda Nukus shahrida yashovchi mobil ilova yaratishga qiziquvchi barcha yoshlar ishtirok etishi mumkin.

Imtiyozlar va qulayliklar

Kursga qabul qilingan yoshlar quyidagi imkoniyatlarga ega boʻladi:

  • 1 yarim oy davom etadigan kursda bepul ishtirok etadi;
  • Kurs davomida kotlin dasturlash tilini oʻrganish, interfeyslarni yaratish va Android OSʼda mobil ishlab chiqishning asosiy prinsiplarini tushunish imkoniyatlariga ega boʻladilar;
  • Nukus shahar IT Markazi mutaxassisi — dasturiy injiniring sohasida katta tajribaga ega Gulshad Azatova tomonidan olib boriladigan kursda qatnashadi;
  • Kurs yakunlangandan soʻng, ishtirokchilar mobil rivojlanishni yanada oʻrganish uchun fundamental bilimlarga ega boʻladilar.

Topshirish jarayoni

Kursda ishtirok etish uchun ushbu havola orqali roʻyxatdan lozim.

Qo'shimcha ma'lumot

Manzil: TATU Nukus filiali

Batafsil maʼlumot uchun telefon: +998995451871

Kurs haqida ushbu havola orqali maʼlumot olish mumkin.

Muhim tafsilotlar

  • Imkoniyat turi

    Kurslar

  • Moliyalashtirish

    Pul Mukofoti & Grant

  • Dastur tili

    Rus tili

  • Jins

    Erkak, Ayol

O‘zbekiston IT Park tomonidan Nukus yoshlari uchun bepul mobil ilova yaratish kursi
20 Noy, 2021
Muddat tugagan
GrantGo
© GrantGO 2026. Barcha huquqlar himoyalangan.