Tavsif
IT Park USAID ning tadbirkorlik va biznes muhitini rivojlantirish loyihasi, Beeline Uzbekistan raqamli operatori, TBC Bank va Wonder Women hamjamiyati koʻmagida Tumaris.Tech loyihasining Markaziy Osiyo inkubatsiya va akseleratsiya dasturlari uchun arizalar qabul qilish boshlanganini eʼlon qiladi.
Dasturda oʻz biznesini rivojlantirishni niyat qilgan barcha ayol-qizlar ishtirok etishi mumkin. Ushbu loyiha 12-dekabrdan 25-fevralgacha qadar onlayn tarzda boʻlib oʻtadi.
Loyiha 2 alohida dasturdan iborat:
- Inkubatsiya dasturi. Bunda ishtirokchilar biznes boʻyicha bir gʻoyani rivojlantirib, uning prototipini yaratish uchun kerakli koʻniklamalarga ega boʻladi;
- Akseleratsiya dasturi. Bunda allaqachon gʻoya prototipiga ega boʻlgan biznesni rivojlantirish uchun moʻljallangan.
Ishtirokchi ayol-qizlar quyidagi 12 sohadan birida oʻz gʻoyasini rivojlantirishlari mumkin boʻladi:
- AgroTech;
- FinTech;
- MedTech;
- E-commerce;
- IoT;
- EdTech;
- Logistics;
- E-Government;
- MedTech;
- FoodTech;
- Lifestyle services;
- Creative.
Avvalgi mavsum ishtirokchilari gʻoyalari bilan batafsil ushbu havola orqali tanishish mumkin.