Tavsif
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi ko‘magida Sirdaryo viloyati hokimligi hamda “IT-park” aksiyadorlik jamiyati rahbariyati, “Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish” vazirligi, Sirdaryo viloyati hokimligi hamda “Axborot texnologiyalarini rivojlantirish va muvofiqlashtirish” hududiy boshqarmasi hamkorligida joriy yilning 6-7 dekabr kunlari Sirdaryo viloyatida “mGov Sirdaryo” mobil rivojlantirish tanlovi o‘tkaziladi.
Ushbu tanlovning asosiy maqsadi zamonaviy jamiyat muammolariga samarali yechim topishdan iborat.
Tanlov ishtirokchilari axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasidagi yetakchi mutaxassislardan iborat hakamlar hay’ati oldida loyihaning yakuniy taqdimotiga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha amaliy mahorat darslarida qatnashishlari mumkin. Tanlov tashkilotchilarining qimmatbaho sovg‘alari bilan bir qatorda, g‘oliblar loyihani yanada samarali amalga oshirish va mobil ilovani amalga oshirish uchun har tomonlama ekspert yordamini olishlari mumkin bo‘ladi.
Barcha loyihalar muayyan muammoni hal qilish samaradorligi, innovatsiyalar va foydalanish qulayligi bo'yicha baholanadi.