Tavsif
IT Park rezidenti “Exadel” biznes-analitik boʻlishni xohlovchilar uchun 1,5 oy davom etadigan “IT-biznes tahliliga kirish” nomli bepul kursni ishga tushirdi.
IT biznes tahliliga kirish kursi quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
- Dasturiy taʼminotni ishlab chiqish jarayonlari va IT sohasida biznes tahlilining asosiy tushunchalari boʻyicha 10 ta onlayn maʼruzalar;
- Oʻqituvchilarning fikr-mulohazalari bilan 4 ta amaliy topshiriq;
- “Exadel” mutaxassis oʻqituvchilari BA amaliyoti.
Ushbu onlayn kursda ingliz tilini yaxshi biladigan va IT sohasida biznes-tahlilchi kasbi haqida umumiy tushunchaga ega boʻlgan barcha Oʻzbekiston fuqarolari ishtirok etishi mumkin.
Ushbu kurs 2021-yil 6-dekabrdan 2022-yil 25-yanvargacha davom etadi.