IT sohasi qiziquvchilari uchun 5 kunlik yozgi lager — Raqamli avlod Inklyuziv IT oromgohi
O‘zbekiston O‘zbekiston
24 Avg, 2023 · Muddat tugagan

IT sohasi qiziquvchilari uchun 5 kunlik yozgi lager — Raqamli avlod Inklyuziv IT oromgohi

Yozgi maktab Bepul ishtirok

Tavsif

Prezident taʼlim muassasalari agentligi, Zamin foundation hamda Digital Generation Uzbekistan hamkorligida “Raqamli avlod Inklyuziv IT oromgohi” uchun roʻyxatdan oʻtish boshlandi.

Darslar 25-avgustdan 30-avgustga qadar Toshkentdagi Al-Xorazmiy maktabida boʻlib oʻtadi.

Bu safargi 5 kunlik oromgohda nomzodlar onlayn va oflayn tartibda boʻladigan darslarga qatnashib oʻz bilimlarini mustahkamlashlari mumkin.

Oflayn boʻladigan darslar:

  • Digital art; 
  • Grafik dizayn; 
  • Media; 
  • No coding; 
  • Start up;
  • Robototexnika yoʻnalishlari

Onlayn boʻladigan darslar:

  • sunʼiy intellekt;
  • Net;
  • Python;
  • ReactJs;
  • Web design yoʻnalishlari.

Oromgohdagi eng faol ishtirokchilar kutilmagan ajoyib sovgʻalarga ega boʻlishlari mumkin.

Kimlar uchun mo'ljallangan

Dasturda ishtirok etish uchun nomzodlardan quyidagilar talab etiladi:

  • Dini, irqi, millati, kelib chiqishi va yoshidan qatʼi nazar Oʻzbekistondagi barcha fuqarolar ishtirok etishlari mumkin.

Imtiyozlar va qulayliklar

Dasturga qabul qilingan nomzodlar quyidagi imtiyozlarga ega boʻladi:

  • Nomzodlar Figma, .NET, Python, React.js, Vue.js yoʻnalishlari boʻyicha bilim va koʻnikmalarga ega boʻlishadi;
  • Oromgoh davomida eng faol ishtirokchilar turli sovgʻalar bilan taqdirlanadi.

Topshirish jarayoni

Dasturga ariza topshirish uchun ushbu havola orqali roʻyxatdan oʻtish lozim.

Muhim tafsilotlar

  • Imkoniyat turi

    Yozgi maktab

  • Moliyalashtirish

    Bepul ishtirok

  • Dastur tili

    O'zbek tili

  • Jins

    Erkak, Ayol

O‘zbekiston IT sohasi qiziquvchilari uchun 5 kunlik yozgi lager — Raqamli avlod Inklyuziv IT oromgohi
24 Avg, 2023
Muddat tugagan
GrantGo
© GrantGO 2026. Barcha huquqlar himoyalangan.