Tavsif
"Raqamli Kelajak" markazi tomonidan start berilayotgan ICT4Girls Seniors dasturi Germaniya Xalqaro Hamkorlik Jamiyati GIZ (Deutsche Gesellschaft für Internationale Zusammenarbeit GmbH)ning O‘zbekistondagi vakolatxonasi bilan hamkorlikda tashkil etilmoqda.
Dasturda axborot texnologiyalari (IT) yo'nalishida ta'lim olayotgan 15-31 yoshdagi qizlarga mo'ljallangan bo'lib, saralashdan o'tgan 10 nafar qiz 2023-yilning may oyidan boshlab IT, biznes va tegishli sohalarda faoliyat yurituvchi tashkilotlarda amaliyot o'taydi.
Dastur ishtirokchi qizlarning raqamli ko'nikmalari, shuningdek, ishga joylashishda zarur ko'nikmalarni oshirishga yordam beradi.
Amaliyot davomida o'z bilim va mahoratini ko'rsata olgan ishtirokchi qizlar dastur yakunlangach ish bilan ta'minlanish imkoniyatiga ega bo'ladi.