Tavsif
Qizlarning axborot-texnologiyalari sohasiga qiziqishini oshirish hamda ishtirokini ragʻbatlantirishga, taʼlimni targʻib qilishga va yetakchilik qobiliyatini rivojlantirishga qaratilgan “Digital Generation Uzbekistan” NNT tomonidan navbatdagi “Raqamli avlod qizlari” loyihasiga start berilmoqda.
24-29-aprel kunlari “Renessans” oromgohida “Raqamli avlod qizlari” Respublika tanlovi boʻlib oʻtadi.
Dasturda quyidagi yo'nalishdagi loyihalar bilan qatnashish mumkin:
- Ta'lim;
- Sun'iy intellekt;
- Iqlim o'zgarishi.
Tajribali mentorlar tomonidan professional darslar va xalqaro kompaniyalar ekspertlarining mahorat darslari tadbir ishtirokchilarini kutmoqda!