IT sohasiga qiziquvchi yoshlar uchun ICYF tomonidan Kronnika Robotic Process Automation Training Program dasturi
Turkiya Turkiya
29 Mar, 2022 · Muddat tugagan

IT sohasiga qiziquvchi yoshlar uchun ICYF tomonidan Kronnika Robotic Process Automation Training Program dasturi

Kurslar Bepul ishtirok

Tavsif

Kronnika Robotic Process Automation Training Program - Kronnika Robotik jarayonlarni avtomatlashtirish boʻyicha oʻquv dasturi — ICYF va Kronnika homiyligida tashkil etilgan. Ushbu dastur Kronnikaning haqiqiy litsenziyasiz RPA ishlab chiqish platformasida Robotik jarayonlarni avtomatlashtirish boʻyicha A dan Z gacha barcha asosiy koʻnikmalar va bilimlarni taqdim etadi.

Bir vaqtning oʻzida uchta asosiy kursdan iborat boʻlgan dastur birinchi bosqichda asosiy tushunchalar, talablar, sohaga oid faktlar va bilimlarni taqdim etadi. Shu bilan birga, RPAda biznes-tahlilchi sifatida ishlashda kerak boʻladigan biznes-jarayonlarni qanday tahlil qilish boʻyicha maʼlumotlar toʻplami va RPA loyihalarini amalga oshirishda ishlab chiquvchilarga rahbarlik qilish uchun amaliy hujjatlar mavjud. Oxirgi qismda esa Kronnika.io platformasida robot ishlab chiqaruvchi yoki dasturchi sifatida ishlash uchun zarur boʻlgan barcha tegishli kutubxonalar, platforma elementlari va ularning koʻnikmalari bilan tanishish imkoniyati mavjud.

Dasturda 18-35 yoshli barcha IT sohasiga qiziquvchilar ishtirok etishi mumkin.

Kimlar uchun mo'ljallangan

Dasturda ishtirok etish uchun talablar:

  • 18-35 yoshli IT sohasiga qizuvchi barcha ishtirok etishi mumkin;
  • Nomzod Robotik jarayonlarni avtomatlashtirish boʻyicha oʻquv dasturiga katta qiziqish bildirishi lozim;
  • Dastur ingliz tilida boʻlgan bois ingliz tilini yaxshi bilishi kerak. Sertifikat talab etilmaydi.

Dastur talablari bilan batafsil ushbu havola orqali tanishish mumkin.

Imtiyozlar va qulayliklar

Dasturga qabul qilingan ishtirokchilar quyidagi imkoniyatlarga ega boʻladi:

  • Kronnika.io platformasining Robot Maker dasturiga 6 oylik bepul obunaga ega boʻladi;
  • Ishtirokchilarga Robot Maker dasturini tugatganligi haqida bepul sertifikat beriladi;
  • Dastur yakunlangan soʻng RPA tahlilchisi va RPA robot ishlab chiqaruvchisi sifatida ish boshlashi mumkin;
  • Kronnika bilan Robot Maker shartnomasini qoʻlga kiritadi;
  • Bozorga kiradigan robotlarni sinash va targʻib qilish uchun Kronnikadan 500 kreditga ega boʻladi;
  • Eʼlon qilingan loyihalar uchun Kronnika ekotizimidagi mijozlar uchun narxlarni taklif qilish imkonini beruvchi Kronnika ekotizimida Robot Maker frilanser sifatida roʻyxatdan oʻtish imtiyozi beriladi.

Dastur manfaatli jihatlari haqida batafsil ushbu havola orqali maʼlumot olish

Topshirish jarayoni

Dasturda ishtirok etish uchun ushbu havola orqali onlayn roʻyxatdan oʻtish zarur.

Muhim tafsilotlar

  • Imkoniyat turi

    Kurslar

  • Moliyalashtirish

    Bepul ishtirok

  • Dastur tili

    Ingliz tili

  • Yosh chegarasi

    Min: 18, Max: 35

  • Jins

    Erkak, Ayol

Turkiya IT sohasiga qiziquvchi yoshlar uchun ICYF tomonidan Kronnika Robotic Process Automation Training Program dasturi
29 Mar, 2022
Muddat tugagan
GrantGo
© GrantGO 2026. Barcha huquqlar himoyalangan.