Tavsif
Policy Leader Fellowship- bu butun dunyo bo‘ylab karyerasini ilk yoki o‘rta bosqichida bo‘lgan siyosat amaliyotchilari uchun seminarlar, treninglar, malaka oshirish sessiyalari, konferensiyalar va boshqa tadbirlarda ishtirok etish bilan birga o‘zlarining ish va kasbiy mahoratlarini oshirish uchun mo'ljallangan global dasturdir. Bundan tashqari, ular EUI (European University Institute) dagi boshqa stipendiyantlar, siyosatchilar va akademik hamjamiyat bilan muloqot qilish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.
Dastur besh (birinchi yoki ikkinchi semestrda belgilangan muddat) yoki o‘n oy (sentyabrdan iyun oyining oxirigacha belgilangan muddat) davom etadi.
Joriy STG (School of Transnational Governance) yo‘nalishlari, dasturlari va tashabbuslari bilan ushbu havola orqali ko‘rish mumkin.
Dasturga qabul qilinganlarning yo‘l xarajatlari qoplanadi hamda oylik stipendiya bilan ta’minlanadilar.