Tavsif
Italiya Tashqi Ishlar va Xalqaro Munosabatlar Vazirligi (MAECI) Italiya hamda chet el fuqarolari uchun 2024-2025-oʻquv yillariga moʻljallangan grantlarni eʼlon qiladi. Grant xalqaro madaniyat, ilm-fan va texnologik sohalarda xalqaro munosabatlarni rivojlantirish hamda Italyan tilini rivojlantirish va dunyo miqyosida Italiya iqtisodiy tizimini ragʻbatlantirish maqsadida tashkil etilgan.
Grantlar Italiya hududida magistratura va doktoranturada oʻqishni istaganlar yoki tadqiqot dasturlarini olib borayotganlar uchun moʻljallangan.
Dastur uchun tanlab olingan nomzodlarga 2024-yil 1-noyabrdan 2025-yil 31-iyulga qadar muddat oraligʻida grant taqdim etiladi. Grantlar oʻqish davomida 9 oy, italyan tili va madaniyati sohasi boʻyicha tahsil olmoqchi boʻlayotganlar uchun esa 3 oy davomida taqdim etiladi.