Dasturga har yili 3 marta arizalar qabul qilinadi:
- 2023-yil 2-noyabrdan 2024-yil 2-fevralgacha;
- 2024-yil 2-martdan 2-maygacha;
- 2024- yil 2-iyundan 2-avgustgacha (faqat Yevropa Ittifoqi fuqarolari va Italiyada yashovchi Yevropa Ittifoqi fuqarоsi bo'lmaganlar uchun) .
Ayni рaytdagi qabulning оxirgi muddati: 2-may, 2024-yil.
Dasturga hujjat topshirish quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
1. Berilgan yo‘nalishlardan bir nechtasi tanlanadi va qabul shartlari bilan tanishib chiqiladi.
2. So‘ralgan barcha hujjatlar PDF shaklida yuklanadi.
Ariza to‘ldirishda quyidagi hujjatlar so‘raladi:
Bakalavriat dasturi uchun:
- CV;
- Motivatsion xat;
- Baholar ko‘rsatilgan rasmiy hujjat;
- 11/12 yillik o‘rta maktabni tugatganlik bo‘yicha maktab attestati;
- Pasport;
- Italiyada yashash uchun ruxsatnoma;
- Ingliz tili yoki boshqa til sertifikatlari (topshirayotgan dasturning kirish talablarida aytilgan bo‘lsa).
Magistratura dasturi uchun:
- CV;
- Motivatsion xat;
- Baholar ko‘rsatilgan rasmiy hujjat;
- Hujjat topshirgunga qadar nomzod bakalavr diplomiga ega bo‘lmasa, universitetda o‘qiyotganligi va shu yili tugatishi bo‘yicha ma’lumotnoma;
- Pasport;
- Ingliz tili yoki boshqa til sertifikatlari (topshirayotgan dasturning kirish talablarida aytilgan bo‘lsa)
- Quyidagilar tashqari boshqa hujjatlar ham talab qilinadi. Har bir dasturning kirish talablari qismini tekshirish so‘raladi.
3. Ushbu havola orqali ro‘yxatdan o‘tiladi va “Become an applicant” yozuvini bosib ariza to‘ldiriladi.
4. Applicant code yuboriladi. Ushbu kod orqali ariza to‘ldiriladi.
5. Hujjat topshirish uchun to‘lov €30 bo‘lib, email orqali to‘lov uchun havola yuboriladi.
Eslatma: grant uchun alоhida ariza tорshirish shart emas, tanlangan о'quv dasturiga hujjat tорshirishning о'zi yetarli.
Hujjat topshirish haqida ushbu havola orqali batafsil tanishib chiqish mumkin.