Tavsif
Italiyaning Politecnico di Torino universiteti bakalavriat va magistratura bosqichida oʻqish uchun qobiliyatli xalqaro talabalarga “TOPoliTO: Politecnico di Torinoga eng yaxshi talabalarni jalb qilish” nomli loyihasini eʼlon qiladi. Politecnico di Torinoda xalqaro talabalar sonini tobora koʻpaytirib borish universitet, davlat va uning iqtisodiy tizimi uchun madaniy qadriyat hisoblanadi.
Dasturda bakalavr va magistratura bosqichida tahsil olmoqchi boʻlgan nomzodlar ishtirok etishlari mumkin. Bakalavr bosqichi 3 yil, magistratura bosqichi esa 2 yil davom etib, ikkalasi uchun ham yiliga €8.000 dan stipendiya ajratiladi. Joylar soni ikkala bosqich uchun ham 8 tadan, jami 16 ta.
Bakalavr bosqichida 2022-yil 24-avgustga qadar, magistratura bosqichida esa shu yilning 10-avgustiga qadar roʻyxatdan oʻtish lozim.
Dastur haqida ushbu havola orqali batafsil maʼlumot olish mumkin.