Tavsif
Qishloq xoʻjaligi vazirligi va Italiyaning Tusha universiteti (Tuscia University) oʻrtasida imzolangan hamkorlik shartnomasiga asosan Italiyaning Tusha universiteti (Tuscia University) magistratura bosqichida 2024-2025 oʻquv yilida oʻqishni xohlovchilar uchun grant tanlovini eʼlon qiladi.
Tanlov 3 bosqichda boʻlib oʻtadi:
- 1-bosqichda arizalar qabul qilinadi;
- 2-bosqichda nizom talablariga javob bergan talabalar (taʼlim yoʻnalishiga qarab) bir taʼlim dasturi dekani tomonidan suhbat qilinadi va suhbat natijasiga koʻra universitetga qabul qilinadi.
- 3-bosqichda universitetga qabul qilingan nomzodlar vazirlik stipendiyasi uchun hujjat topshiradi.
Quyidagi yo'nalishlar bo'yicha jami 20 nafar nomzodga stipendiyalar ajratiladi:
- Circular Есоnоmу (Aylanma iqtisodiyot) — 7;
- Forestry and Environmental Sciences (О'rmоn xo'ialigi va atrof-muhit fanlari) — 6;
- Plant biotechnology for Food and Global Health (Oziq-ovqat vа Global Salomatlik uchun о'simlik biotexnologiyasi) — 7.
Arizalar 2024-yiling 25-aprelidan 5-iyunigacha qabul qilinadi.
Dastur haqida batafsil ushbu havola orqali ma'lumot olish mumkin.