Tavsif
Xalqaro hamkorlikni rivojlantirish maqsadida Italiyadagi Pavia universiteti va EDiSU tomonidan xarajatlari qoplanadigan tadqiqot dasturi — CICOPS Scholarships 2027 taqdim etiladi. Dastur 4 haftadan 12 haftagacha davom etadi va jami 8 nafar nomzodga taqdim etiladi.
Dastur qisqa muddatli ilmiy hamkorlik uchun moʻljallangan boʻlib, asosiy maqsadi rivojlanayotgan davlatlardan kelgan tadqiqotchilarning faoliyatini ragʻbatlantirishdan iborat.
Tadqiqot dasturi quyidagi sanalarda oʻtkazilishi rejalashtirilgan:
- 2027-yil 11-yanvardan 24-iyulgacha;
- 2027-yil 6-sentyabrdan 18-dekabrgacha.
Dastur davomida ishtirokchilar uchun Pavia universitetiga qarashli yotoqxonada turar joy tashkil qilinadi va universitet oshxonalarida kuniga ikki mahal bepul ovqatlanish imkoniyati beriladi.
Quyidagi sohalarda tadqiqotlar olib boriladi:
- Science and Technology;
- Life Sciences;
- Humanities and Social Sciences.
Oʻqish davri yakunida ishtirokchilar qabul qiluvchi boʻlimda bajarilgan ishlar boʻyicha hisobot topshirishadi va chop etilgan maqola yoki ilmiy ishlar nusxalarini taqdim etishadi.
Dastur haqida batafsil ushbu havola orqali maʼlumot olish mumkin.