Tavsif
Italiyadagi BolognaFiere S.p.A. kompaniyasi Yoshlar uchun kitoblar boʻyicha Xalqaro kengash va Accademia Drosselmeier bilan hamkorlikda Bolonya bolalar kitoblari koʻrgazmasi doirasida barcha illyustrator, grafik dizayner, kitob dizayneri, vizual rassom va nashriyot xodimlari uchun “Join The Revolution! Giving Every Child Good Books” mavzusida plakatlar tanlovini eʼlon qiladi.
Ushbu tanlovni tashkil qilishdan asosiy maqsad butun dunyo boʻylab yoshlar orasida kitobxonlikni targʻib qilish, ularning oʻqishga boʻlgan qiziqishni oshirish va Yoshlar uchun kitoblar boʻyicha Xalqaro kengashining asosiy tamoyillarini amalda qoʻllashga qaratilgan. Ushbu mavzuning berilishidan asosiy sabab dunyoning istalgan joyidagi barcha bolalarni kitob oʻqishga chorlash hamda taʼlimdagi qashshoqlikka qarshi kurashish zaruratidir va bu muammoni yechishda kitoblar eng samarali vosita hisoblanadi.
Yoshlar uchun kitoblar boʻyicha Xalqaro kengashning butunjahon Kongressi davomida plakatlarning amalda foydalanish imkoniyatlari koʻrib chiqiladi. Kengash qaroriga koʻra, maʼqul deb topilgan plakatlar tegishli mamlakatlarning shaharlaridagi devorlarga, maktablar, kutubxonalar va boshqa jamoat binolariga (masalan: pochta boʻlimlari, banklar, jamoat transporti va hokazolar) yopishtirilishi mumkin.
Maʼlumot uchun: Bognafiere S.p.A. xalqaro koʻrgazmalar tashkilotchisi sifatida faoliyat olib boradigan tashkilot boʻlib, koʻrgazma markazlari va tadbirlarni boshqaradi, shuningdek, konferensiya xizmatlarini taklif qiladi. BolognaFiere Group ushbu tashkilot sektoridagi asosiy ishtirokchilardan biri boʻlib, Italiyada va butun dunyoda 100 dan ortiq koʻrgazmalarga ega va Osiyo, Rossiya va Shimoliy Amerika kabi davlatlarda erishilgan tovar aylanmasining ulushi boʻyicha Italiyada birinchi oʻrinda turadi. BolognaFiere Group Italiyada va xorijda 80 dan ortiq tadbirlarni tashkil qiladi. Tashkilot Italiyada umumiy maydoni 400 000 kvadrat metrdan ortiq boʻlgan uchta koʻrgazma maydonini boshqaradi.
Tanlov haqida batafsil ushbu havola orqali maʼlumot olish mumkin.