Italiyaning Kalabriya universitetida magistratura darajasini grant asosida oʻqish imkoniyati
Italiya Italiya
09 Apr, 2024 · Muddat tugagan

Italiyaning Kalabriya universitetida magistratura darajasini grant asosida oʻqish imkoniyati

Magistratura To‘liq taʼlim Qisman moliyalash

Tavsif

Italiyaning University of Calabria oliygohi 2024-2025-oʻquv yili kuzgi semestrdan boshlanadigan, oʻqitish tili ingliz tilida boʻlgan 10 ta xalqaro magistratura kurslarida oʻqimoqchi boʻlgan chet ellik talabalarga 120 ta grant taqdim etadi.

Grant amal qiladigan 10 ta ingliz tilida oʻqitiladigan magistratura kurslari:

Muhandislik va texnologiya sohalari:

Tibbiyotga oid sohalar:

Tabiiy fanlar:

  • Chemistry (30 nafar talabadan 12 nafariga grant beriladi);
  • Mathematics (30 nafar talabadan 12 nafariga grant beriladi);
  • Physics (30 nafar talabadan 12 nafariga grant beriladi).

Ijtimoiy-iqtisodiy soha:

Grant dasturi haqida batafsil maʼlumot bilan rasmiy sayt orqali tanishib chiqish mumkin.

Kimlar uchun mo'ljallangan

Grant dasturi talablari:

  • Nomzod Yevropa Ittifoqi (YI)ga aʼzo boʻlmagan davlat fuqarosi boʻlishi lozim (jumladan, Oʻzbekiston);
  • Nomzod oʻqimoqchi boʻlgan yoʻnalish talablariga mos boʻlishi kerak;
  • Ingliz tilini yetarli darajada bilishi lozim (kamida B2 darajada).

Grant dasturi talablari bilan rasmiy sayt orqali batafsil tanishib chiqish mumkin.

Imtiyozlar va qulayliklar

Grant quyidagi imtiyozlarni taqdim etadi:

  • Universitetda oʻqish toʻlovidan ozod etiladi;
  • €3,600 miqdoridagi mablagʻajratiladi;
  • Bepul turarjoy va oziq-ovqat bilan taʼminlanadi.

Grant dasturi haqida batafsil maʼlumot bilan ushbu havola orqali tanishib chiqish mumkin.

Topshirish jarayoni

Ayrim talab etiladigan hujjatlar:

  • Pasport nusxasi;
  • CV;
  • Maktab attestati yoki kollej/litsey diplomi;
  • Bakalavr darajasi diplomi;
  • Universitet baholari (transkript);
  • Universitetda oʻqitilgan fanlar(modullar) roʻyxati;
  • Italyan tilini bilish sertifikati (agar mavjud boʻlsa);
  • Ingliz tilini bilish sertifikati (agar mavjud boʻlsa);
  • Boshqa kerakli hujjatlar.

Muhim: Hujjatlar ingliz tilida boʻlishi kerak va har bir hujjat PDF formatda taqdim etilishi lozim.

Tanlangan yoʻnalishga qarab boshqa hujjatlar talab etilishi mumkin. Hujjat topshirishdan avval, tanlangan yoʻnalish haqida sayt orqali batafsil maʼlumot olish lozim.

Hujjat topshirish jarayoni:

  1. Esse3 Portalida onlayn tarzda roʻyxatdan oʻtiladi (faqat avval roʻyxatdan oʻtmagan nomzodlar uchun).
  2. Esse3 Portaliga kiriladi.
  3. Ushbu ketma-ketlikdagi boʻlimlar tanlanadi: Menu -> Registrarʼs Office -> Admission test
  4. Kerakli kurs tanlanadi.
  5. “CALL FOR EXTRA-EU STUDENTS ...........“ tanlovi tanlanishi lozim.

Hujjat topshirish boʻyicha batafsil ushbu havola orqali maʼlumot olish mumkin.

Muhim tafsilotlar

  • Imkoniyat turi

    To‘liq taʼlim

  • Moliyalashtirish

    Qisman moliyalash

  • Daraja

    Magistratura

  • Soha

    Muhandislik va texnologiya, Tabiiy fanlar va matematika, Ijtimoiy fanlar, Tibbiyot va sogʻliqni saqlash

  • Dastur tili

    Ingliz tili

  • Jins

    Erkak, Ayol

Italiya Italiyaning Kalabriya universitetida magistratura darajasini grant asosida oʻqish imkoniyati
09 Apr, 2024
Muddat tugagan
GrantGo
© GrantGO 2026. Barcha huquqlar himoyalangan.