Dasturga qabul uch muddatda amalga oshiriladi, hozircha uchinchi muddat uchun qabul davom etmoqda. Ushbu muddat uchun qabul jarayoni 2025-yil 10-martdan 19-maygacha davom etadi.
Dasturda qatnashish uchun dastlab roʻyxatdan oʻtish, soʻng onlayn ariza shaklini toʻldirish va soʻralgan hujjatlar topshirish kerak boʻladi. Arizani toʻldirish jarayonida quyidagi hujjatlar talab qilinadi:
- Universitet baholari transkripti;
- GPA bayonoti (universitet tomonidan taqdim etilsa);
- Bakalavr diplomi (hali universitetni tamomlamaganlar, oʻqish muddati tugashi haqidagi maʼlumotnoma taqdim etishlari kerak boʻladi);
- Universitetda oʻtilgan fanlar haqida maʼlumot (namuna mavjud);
- CV (uzogʻi 2 bet);
- Tavsiyanoma;
- Til sertifikati (kamida IELTS 6 yoki shunga teng xalqaro sertifikat);
- Motivatsion xat;
- Portfolio (baʼzi soʻralgan yoʻnalishlar uchun);
- GRE testi natijalari (arxitektura va muhandislik yoʻnalishlariga hujjat topshirayotgan nomzodlardangina soʻraladi).
Eslatma! Ariza topshirish jarayonida 170 yevro miqdordagi badal pulini toʻlash kerak boʻladi. Universitetdan olinadigan hujjatlar ingliz, italyan, fransuz yoki ispan tillaridan birida boʻlishi, qolgan hujjatlar esa ingliz yoki italyan tilida boʻlishi lozim.
Dasturga roʻyxatdan oʻtish haqida batafsil qoʻllanma bilan ushbu havola orqali tanishish mumkin.
Dasturda soʻraladigan hujjatlar namunasi bilan ushbu havola orqali tanishish mumkin.