Italiyaning Trento universitetidan matematika bo'yicha magistratura uchun grant
Italiya Italiya
30 Iyn, 2023 · Muddat tugagan

Italiyaning Trento universitetidan matematika bo'yicha magistratura uchun grant

Magistratura To‘liq taʼlim Qisman moliyalash

Tavsif

Italiyaning Trento universitetining matematika fakulteti “Analiz va geometriya” loyihasi doirasida 2023-2024-o'quv yilida matematika yo'nalishida magistraturaga o'qishga kiradigan talabalarga har yili 5,500 yevro miqdorida ikki yillik stipendiya ajratiladigan grant dasturini taqdim etadi. Grantlar Xalqaro matematik tadqiqotlar markazi tomonidan moliyalashtiriladi.

Grant uchun saralash quyidagi bosqichlarni o'z ichiga oladi:

  • Yozma test (40 ball);
  • Akademik malakani baholash (20 ball);
  • Og'zaki imtihon (40 ball).

Yuqoridagi mezonlar asosida tuzilgan reyting 2023-yilning 31-iyuliga qadar Universitet portalida e'lon qilinadi. Kamida 60/100 ball to‘plaganlar saralashda ishtirok etishlari mumkin.

Grant haqida batafsil ushbu havola orqali ma'lumot olish mumkin.

Kimlar uchun mo'ljallangan

  • Har qanday xalqaro tan olingan universitet tomonidan berilgan matematika yoki matematika bilan bog'liq har qanday sohada bakalavr darajasiga va tegishli o'quv rejasiga ega bo'lgan nmzdlar qatnashishi mumkin;
  • Ingliz tilini yaxshi bilish kerak (kamida B1 IELTS). Rasmiy oʻqitish tili ingliz tili boʻlgan har qanday xalqaro miqyosda tan olingan universitet tomonidan berilgan bakalavr darajasini olganlar oʻz universiteti tomonidan ingliz tili rasmiy oʻqitish tili ekanligi toʻgʻrisida ma'lumtnma taqdim etishlari kerak.

Nomzodlarga qo'yilgan talablar haqida batafsil ushbu havola orqali tanishib chiqish mumkin.

Imtiyozlar va qulayliklar

  • G'oliblar Trento universitetida magistratura o'qish uchun har yili 5,500 yevro stipendiya beriladigan ikki yillik grantni yutib oladilar;
  • Italiyaning madaniyati va ta'lim sohasidagi yutuqlari bilan yaqindan tanishish imkoniyati bo'ladi.

Topshirish jarayoni

  • Dasturga qiziqqan nomzodlar ushbu havola orqali onlayn ariza topshirishlari mumkin;
  • Italiya fuqaroligi bo'lmagan ariza topshiruvchilardan avvalo ro'yxatdan o'tishlari so'raladi. Shundan so'ng nomzodning elektron manziliga ro'yxatdan o'tish bo'yicha qo'llanma jo'natiladi;
  • Barcha ko'rsatmalar bajarilgandan so'ng ariza topshirish sahifasidan “Awards and Scholarships” bo'limi tanlanadi va “Matematika bo'yicha magistratura uchun ikki yillik stipendiya” bo'limi belgilanib murojaat yuboriladi;
  • Ariza topshirishda agar bo'lsa quyidagi hujjatlarni biriktirish maqsadga muvofiq:
    • Trento universitetida yo'nalish bo'yicha akademik o'quv dasturiga yozilganligi yoki unda o'qiganligi haqida sertifikat;
    • Ariza topshirgunga qadar soha bo'yicha qilingan dissertatsiya ishining nusxasi (PDF formatda) yoki bitiruv malakaviy ishida yoritilgan mavzularni qisqacha tavsiflovchi tezis;
    • Qabul qilish uchun foydali deb topilgan boshqa ma'lumotlar (matematika fanlari bo'yicha o'qishdan tashqari tashabbuslarda ishtirok etganlik haqida yoki matematika fanlari bo'yicha olingan har qanday mukofotlar/stipendiyalar haqida hujjatlar).

Muhim tafsilotlar

  • Imkoniyat turi

    To‘liq taʼlim

  • Moliyalashtirish

    Qisman moliyalash

  • Daraja

    Magistratura

  • Soha

    Tabiiy fanlar va matematika

  • Dastur tili

    Ingliz tili

  • Jins

    Erkak, Ayol

Italiya Italiyaning Trento universitetidan matematika bo'yicha magistratura uchun grant
30 Iyn, 2023
Muddat tugagan
GrantGo
© GrantGO 2026. Barcha huquqlar himoyalangan.