Tavsif
IvyPanda platformasi maktabning yuqori sinf o‘quvchilari, kollej yoki universitet talabalari uchun taqdimotlar tanlovini e’lon qilinadi. Taqdimotlar dastur tomonidan taqdim etilgan uch mavzudan birida qilingan bo‘lishi kerak. Shuningdek, taqdimotni topshirish uchun yana bir necha talablar qo‘yilgan va ishni bajarish davomida ularga qat’iy amal qilish kerak. Ishlar elektron pochta orqali, barcha qoidalarga amal qilgan holda jo‘natilishi kerak. Dastur doirasida 2 ta g‘olib saralab olinadi va birinchi o‘rin sohibi $1,000, ikkinchi o‘rin sohibi esa $500 pul mukofoti bilan taqdirlanadi.
Dasturga arizalarni qabul qilish jarayoni 2025-yil 30-iyungacha davom etadi.
Dastur haqida ushbu havola orqali to‘liq ma’lumot olish mumkin.