Bakalavr, magistratura va doktorantura talabalari uchun Jagiellonian universitetidan Polshada 10 kunlik bepul yozgi maktab. Stipendiya miqdori — $950
Polsha Polsha
15 Mar, 2023 · Muddat tugagan

Bakalavr, magistratura va doktorantura talabalari uchun Jagiellonian universitetidan Polshada 10 kunlik bepul yozgi maktab. Stipendiya miqdori — $950

Yozgi maktab Stipendiya

Tavsif

The Jagiellonian University — Jagellonian universitetining Xalqaro va siyosiy fanlar fakulteti dunyo boʻylab barcha nomzodlarga har tomonlama bilimli mutaxassis boʻlish imkonini beruvchi keng koʻlamli dasturni taklif etadi.

Dastur 60 nafarga yaqin xalqaro talabalarni qabul qiladi.

Loyiha qishki va yozgi mavsumlarda oʻtkaziladi. Hozirda maktabning yozgi mavsumi uchun qabul jarayoni davom etmoqda.

Yozgi mavsum 2023-yilning 3-14-iyul kunlarida oʻtkazilishi rejalashtirilgan boʻlib, nomzodlar xohshiga koʻra masofadan turib yoki maktab oʻtkaziluvchi hududga borib qatnashishlari mumkin.

Loyihada darslar oʻz sohasining mutaxassislari qo'l ostida 12 soatlik 5 ta dars ko'rinishida oʻtkaziladi.

Yozgi mavsum ikki bosqichda oʻtkaziladi:

Dasturda qatnashish mutlaqo bepul boʻlib, nomzodlar uchun taxminan 950 AQSh dollari miqdorida stipendiya ajratiladi.

Dastur haqida batafsil ushbu havola orqali tanishish mumkin.

Kimlar uchun mo'ljallangan

  • Yozgi maktabda dunyo boʻylab barcha millat vakillari ishtirok etishlari mumkin;
  • Dasturda ishtirok etish uchun qatnashchilar talaba maqomiga ega boʻlishi kerak (bakalavr, magistr yoki doktorant);
  • Nomzodlar ingliz tilida erkin muloqot qila olishlari lozim.

Dastur maqbullik shartlari bilan batafsil ushbu havola orqali tanishish mumkin.

Imtiyozlar va qulayliklar

  • 950 AQSh dollarida stipendiya beriladi; 
  • Dasturda qatnashish mutlaqo bepul;
  • Ishtirokchilarning turar-joy va borish-kelish xarajatlari stipendiya hisobidan ajratiladi;
  • Dastur 50 nafar ishtirokchiga stipendiya ajratishni reja qilgan.

Dastur manfaatli jihatlari bilan batafsil ushbu havola orqali tanishish mumkin.

Topshirish jarayoni

Dasturga nomzodlar quyidagi havolalar orqali oʻzlari istagan mavsumga ariza topshirishlari mumkin:

Dasturda qatnashish uchun nomzodlardan Cover Letter hamda CV talab etiladi.

Bundan tashqari quyidagi hujjatlar ham ariza namunasi uchun toʻldirib, joʻnatilishi lozim:

Dasturga ariza topshirishning soʻngi muddati 2023-yil 15-mart.

Qo'shimcha ma'lumot

Qoʻshimcha savol va murojaatlar uchun: isad@uj.edu.pl

Muhim tafsilotlar

  • Imkoniyat turi

    Yozgi maktab

  • Moliyalashtirish

    Stipendiya

  • Dastur tili

    Ingliz tili

  • Jins

    Erkak, Ayol

Polsha Bakalavr, magistratura va doktorantura talabalari uchun Jagiellonian universitetidan Polshada 10 kunlik bepul yozgi maktab. Stipendiya miqdori — $950
15 Mar, 2023
Muddat tugagan
GrantGo
© GrantGO 2026. Barcha huquqlar himoyalangan.