Tavsif
World Bank Group (WBG) hamjamiyatidan oʻz innovatsion loyihasiga ega barcha 18 yoshdan 35 yoshgacha boʻlgan iqtidorli yoshlar uchun AQShda oʻtkaziladigan Youth Summit 2024 sammiti taqdim etiladi. Dastur yoshlar uchun innovatsion va harakatga yoʻnaltirilgan tashabbus boʻlib, u dunyodagi eng dolzarb muammolarni hal qilishga qaratilgan. Dastur doirasida loyihalar tanlovi oʻtkaziladi.
Bu yilgi “Powering Progress: Youth Leading the Digital Transformation” mavzusi rivojlanish muammolarini hal qilishda texnologiyadan foydalangan holda yoshlarga eʼtibor berishga qaratilgan.
Sammitning maqsadi quyidagilardan iborat:
- Yoshlarga rivojlanish muammolarini hal qiluvchi innovatsion gʻoyalarni oʻrganish imkoniyatini berish;
- Yoshlarni keng qamrovli loyihalarni yaratish va ularga jalb qilish uchun vositalar bilan taʼminlash;
- Jahon miqyosida yoshlar, WBG va boshqa asosiy manfaatdor tomonlar oʻrtasidagi muloqotni rivojlantirish.
Dastur davomida quyidagi mavzular muhokama qilinadi:
- Digital Access and Inclusion;
- Artificial Intelligence;
- Sustainable Technology for a Livable Planet.
Sammit 2024-yil 30-31-may kunlari turli mintaqalarda va tashkilotning Vashingtondagi shtab-kvartirasida turli tadbirlar koʻrinishida boʻlib oʻtadi. Dastur eng dolzarb mavzularda bir-birlari bilan muloqot qilish maqsadida oʻtkaziladigan dunyodagi eng yirik yoshlar yigʻilishidir.
Dastur haqida batafsil ushbu havola orqali maʼlumot olish mumkin.