Tavsif
Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi “Oʻzbekiston milliy innovatsion tizimini modernizatsiya qilish” loyihasining 1-komponenti “Ilmiy tadqiqot sifatini oshirish va natijalarini tijoratlashtirish” dasturi doirasida loyihalar tanlovini eʼlon qiladi.
Tadqiqot sifatini oshirish dasturi doirasida ilmiy-tadqiqot instituti yoki oliy oʻquv yurtlari ilmiy xodimlari tomonidan taqdim etilgan tadqiqot loyihalarini moliyalashtirish nazarda tutilgan. Tadqiqot sifatini oshirish dasturi doirasida mahalliy va xorijiy ilmiy xodimlarning (shu jumladan chet eldagi oʻzbek olimlarining) qoʻshma tadqiqot takliflarini, ilmiy xodimlar va xususiy sektorning qoʻshma tadqiqot takliflarini, shuningdek, mamlakatning kelajakdagi tadqiqot salohiyatini mustahkamlashga qaratilgan yosh olimlarning takliflarini koʻrib chiqishga alohida eʼtibor qaratiladi.
Tanlov ikkita asosiy mezonga asoslangan boʻladi:
- Ilmiy ahamiyatga ega;
- Ijtimoiy va/yoki iqtisodiy ahamiyatga ega.
Tanlov ilm-fanning barcha sohalari boʻyicha loyihalarni tanlab olishga qaratilgan boʻlib, COVID-19, qayta tiklanadigan energiya manbalari, energiya samaradorligi va kam karbonli texnologiyalar bilan bogʻliq tadqiqotlar boʻyicha takliflarni qoʻllab-quvvatlaydi.
Qoʻshma tadqiqotlar boʻyicha takliflar (xususiy sektor tadqiqotchilari, xalqaro tadqiqotchilar, oʻzbek diasporasi olimlari yoki ekspertlari ishtirokida) mamnuniyat bilan qabul qilinadi.