Jahon internet tarmogʻida oʻzbek tilidagi sifatli maʼlumotlarni koʻpaytirish va iqtidorli talabalarni munosib ragʻbatlantirish maqsadida oʻtkaziladigan WikiStipendiya marafoni. Bosh sovrin — 50 000 000 soʻm

Jahon internet tarmogʻida oʻzbek tilidagi sifatli maʼlumotlarni koʻpaytirish va iqtidorli talabalarni munosib ragʻbatlantirish maqsadida oʻtkaziladigan WikiStipendiya marafoni. Bosh sovrin — 50 000 000 soʻm

  • 20/05/2022 Qabul boshlanishi
  • Mukofot Moliyalash turi
  • Oʻzbekiston Davlat
  • 20/12/2022 03:59 Oxirgi muddat
GrantGO

Muhim tafsilotlar

  • Kimlar uchun
    Maktab o'quvchilari (9-sinfgacha), Maktab o'quvchilari (yuqori sinflar), O'rta ma'lumotli (maktab/kollej bitiruvchisi), Bakalavr talabasi , Oliy ma'lumotli (bakalavr), Magistr talabasi, Oliy ma'lumotli (magistr), PhD talabasi , Falsafa fanlari doktori
  • Dastur tili
    O'zbek tili
  • Yosh chegarasi
    Chegaralanmagan

Doʻstlar bilan ulashing

Umumiy maʻlumotlar

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 21-oktyabrdagi PF — 5850-sonli farmonining 4-bandini inobatga olib, davlat tilining axborot va kommunikatsiya texnologiyalari, xususan, internet jahon axborot tarmogʻida munosib oʻrin egallashni taʼminlash, shuningdek, yoshlarning boʻsh vaqtini mazmunli tashkil etish ularni kitobxonlikka jalb qilish va iqtidorli talabalarni munosib ragʻbatlantirish maqsadida Oʻzbekiston yoshlar ishlari agentligi hamda Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi hamkorligida WikiStipendiya marafoni yoʻlga qoʻyildi.

Marafon orqali Vikipediyada oʻzbek tilidagi maqolalar sonini koʻpaytirish koʻzda tutilgan.

Marafon 2022-yilning 20-may kuni soat 00:00 (GMT+5) dan 20-dekabr 00:00 (GMT+5) ga qadar davom etadi.

Maqolalar quyidagi yoʻnalishlar asosida yozilishi mumkin:

  • Tabiiy fanlar va tabiatshunoslik;
  • Tarix;
  • Madaniyat va sanʼat;
  • Falsafa;
  • Texnika va texnologiyalar;
  • Inson va jamiyat;
  • Oʻyinlar va sport;
  • Geografiya.

Eng faol qatnashgan ishtirokchilar hakamlar tomonidan faqatgina “Fountain”ga kiritilgan maqolalari orqali baholanadi. Marafon talablariga javob beradigan har bir tanlov maqolasi 1 ballga baholanadi.

Dasturda gʻolib boʻlgan nomzodlar 50 000 000 soʻmdan 10 000 000 million soʻmgacha boʻlgan pul mablagʻlari bilan mukofotlanadi.

Dastur haqida batafsil ushbu havola orqali tanishish mumkin.

Maqbullik shartlari

Dasturda ishtirok etish uchun nomzodlardan quyidagilar soʻraladi:

  • Marafonda qatnashish uchun hech qanday yosh chegarasi belgilanmagan boʻlib, dini, irqi va millatidan qatʼi nazar barcha soha vakillari qatnasha oladi;
  • Nomzodning oʻzi tomonidan yaratilgan yoki tarjima qilingan maqolalar oʻzbek tilida boʻlishi lozim;
  • Mualliflik huquqlari buzilgan maqolalar oʻchiriladi va tanlovdan chetlatiladi;
  • Maqolalarni joylash uchun ushbu havola orqali berilgan Vikipediyaning umumiy qoida va koʻrsatmalari bilan tanishib chiqish tavsiya etiladi.

Dastur maqbullik shartlari haqida batafsil ushbu havola orqali tanishish mumkin.

Foydali tomonlari

Dasturga qabul qilingan nomzodlar quyidagi imtiyozlarga ega boʻladi:

  • 1 — oʻrin 50 000 000 soʻm;
  • 2 — oʻrin 40 000 000 soʻm;
  • 3 — oʻrin 30 000 000 soʻm;
  • Kuchli beshtalik 20 000 000 soʻm;
  • Kuchli oʻntalik 10 000 000 soʻm pul mablagʻlari bilan taqdirlanadi.

Dastur manfaatli jihatlari haqida batafsil ushbu havola orqali tanishish mumkin.

Hujjat topshirish

Dasturda roʻyxatdan oʻtish uchun ushbu havola orqali telegram botidan roʻyxatdan oʻtishi lozim.

Qoʻshimcha maʻlumotlar

Dastur haqida batafsil maʼlumot uchun ushbu havola orqali WikiStipendiya Matbuot anjumani bilan tanishib chiqish mumkin.

Oʻzbekiston
Jahon internet tarmogʻida oʻzbek tilidagi sifatli maʼlumotlarni koʻpaytirish va iqtidorli talabalarni munosib ragʻbatlantirish maqsadida oʻtkaziladigan WikiStipendiya marafoni. Bosh sovrin — 50 000 000 soʻm

Parolni unutdingizmi?

Parolni tiklash uchun saytdan roʻyxatdan oʻtgan emailingizni kiriting
Tizimga kirish

Sizni koʻrib turganimizdan xursandmiz!

Oʻz akkauntingizga kiring va tizim imkoniyatlaridan toʻliq foydalaning

Tanlangan imkoniyatlar