Tavsif
Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti (JSST) Shveysariyada amaliyot oʻtashni istaganlar uchun WHO Internship Programme amaliyot dasturini taqdim etadi.
Dasturdan asosiy maqsad ishtirokchilarga oʻz bilimlarini amaliyotda qoʻllash boʻyicha salohiyatini oshirishi va bilimlarini yanada kengaytirilishi uchun imkoniyat yaratish, shuningdek, JSSTʼning texnik va maʼmuriy dasturlariga aloqador turli sohalarga ixtisoslashgan iqtidorli yoshlarni jalb qilish hisoblanadi.
Amaliyot muddati ish turiga qarab 6 haftadan 24 haftagacha davom etadi.
Maʼlumot uchun: Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti (JSST) — global miqyosda sogʻliqni saqlash masalalari boʻyicha shugʻullanuvchi yetakchi tashkilot boʻlib, sohaga kerakli yetakchilarni yaratish bilan shugʻullanadi. Tashkilot taqdim etayotgan amaliyot dasturi talabalar va yaqinda bitirganlar uchun JSSTʼning texnik va maʼmuriy dasturlari haqida tushunchaga ega boʻlish, turli sohalarda oʻz bilim va tajribasini boyitish hamda shu orqali sogʻliqni saqlash sohasini rivojlantirishga hissa qoʻshish uchun keng imkoniyatlarni taqdim etadi.
Dastur haqida batafsil ushbu havola orqali maʼlumot olish mumkin.