Jahon Sogʻliqni Saqlash Tashkiloti(JSST) tomonidan Health For All qisqa metrajli filmlar kinofestivali; bosh mukofot $10000
Amerika Qo‘shma Shtatlari Amerika Qo‘shma Shtatlari
29 Yan, 2022 · Muddat tugagan

Jahon Sogʻliqni Saqlash Tashkiloti(JSST) tomonidan Health For All qisqa metrajli filmlar kinofestivali; bosh mukofot $10000

Xalqaro musobaqalar Pul Mukofoti & Grant

Tavsif

Health for All Film Festival 2022 — Jahon Sogʻliqni Saqlash Tashkiloti(JSST) kinofestival uchun butun dunyodan mustaqil kinoijodkorlarni, prodyuser kompaniyalarni, davlat muassasalarini, nodavlat notijorat tashkilotlarni, hamjamiyatlarni, talabalar va kino maktablarini salomatlik haqidagi asl qisqa metrajli filmlarini taqdim etishga taklif qiladi. Festivalning maqsadi global sogʻliqni saqlash muammolarini himoya qilish va targʻib qilish uchun kino va video innovatorlarining yangi avlodini jalb qilishdir.

Filmlar xabardorlikni oshirish, tushunishni yaxshilash va harakatni ragʻbatlantirishning kuchli usuli boʻlib, ushbu festival salomatlikni mustahkamlash va salomatlik haqida maʼlumot berishga hissa qoʻshishga qaratilgan.

Tanlovda 3 xil toifadan biri boʻyicha ishtirok etish mumkin:

  1. Universal health coverage
  2. Health emergencies
  3. Better health and well-being

Yuqoridagi Grand Prix toifalari uchun nomzodlar qisqa metrajli hujjatli filmlar, animatsion filmlar yoki badiiy filmlarni taqdim etishlari mumkin.

Muhim: Kinofestivalda ishtirok etishdan avval ushbu havola orqali tanlov shartlari, qoidalari bilan batafsil tanishib chiqish lozim.

Kimlar uchun mo'ljallangan

  • Kinofestivalda butun dunyodan mustaqil kinoijodkorlar, prodyuser kompaniyalar, davlat muassasalari, nodavlat notijorat tashkilotlar, hamjamiyatlar, audiovizual ishlab chiqarish yoki radioeshittirish muassasalari, (kino)maktablar, universitetlar yoki 18 yoshdan oshgan jismoniy shaxslar, talabalar ishtirok etishi mumkin.
  • Festivalda jamoaviy yoki yakka tartibda ishtirok etish mumkin.
  • Filmning mualliflik huquqiga ega boʻlgan ishtirokchi(lar) 3 xil toifadan birini tanlashi kerak.
  • Taqdim etiladigan filmlar mohiyati Jahon Sogʻliqni Saqlash Tashkiloti(JSST)ning Thirteenth General Programme of Work (GPW13)da belgilangan global maqsadlariga muvofiq boʻlishi kerak.

Muhim: Kinofestivalda ishtirok etishdan avval ushbu havola orqali tanlov shartlari, qoidalari va toifalari bilan batafsil tanishib chiqish lozim.

Imtiyozlar va qulayliklar

  • Grant Prix mukofoti - $10000. Har bir toifadan 1 nafar nomzodga taqdim etiladi.

Grant Prix dan tashqari quyidagi mukofotlar ham mavjud:

  • Student Prize - $5000
  • Film about Health Innovation - $5000
  • Film about Rehabilitation - $5000

Muhim: Kinofestivalda ishtirok etishdan avval ushbu havola orqali tanlov shartlari, qoidalari bilan batafsil tanishib chiqish lozim.

Topshirish jarayoni

Barcha filmlar FilmFreeway platformasi orqali onlayn tarzda taqdim etiladi.

Taqdim etiladigan filmlarga qoʻyiladigan talablar:

  • Qisqa metrajli hujjatli filmlar, animatsion filmlar yoki badiiy filmlar taqdim etilishi mumkin.
  • Davomiyligi 3 daqiqadan 8 daqiqagacha boʻlishi kerak.
  • 01.01.2019 va 30.01.2022 sanalari oraligʻida tayyorlangan boʻlishi kerak.
  • Filmlar istalgan tilda boʻlishi mumkin, ammo ingliz tilidagi subtitri bilan boʻlishi kerak.
  • Film gorizontal HD(1920x1080 piksel) formatda boʻlishi kerak.

Muhim: Kinofestivalda ishtirok etishdan avval ushbu havola orqali tanlov shartlari, qoidalari bilan batafsil tanishib chiqish lozim.

Qo'shimcha ma'lumot

Gʻoliblar 2022-yil aprel-may oylarida eʼlon qilinishi rejalashtirilgan.

Rasmiy sayt orqali avvalgi festivallarda gʻolib chiqqan filmlarni koʻrib chiqish mumkin:

Muhim tafsilotlar

  • Imkoniyat turi

    Xalqaro musobaqalar

  • Moliyalashtirish

    Pul Mukofoti & Grant

  • Dastur tili

    Ingliz tili, Rus tili, O'zbek tili

  • Yosh chegarasi

    Min: 18

  • Jins

    Erkak, Ayol

AQSh Jahon Sogʻliqni Saqlash Tashkiloti(JSST) tomonidan Health For All qisqa metrajli filmlar kinofestivali; bosh mukofot $10000
29 Yan, 2022
Muddat tugagan
GrantGo
© GrantGO 2026. Barcha huquqlar himoyalangan.